VI   -   b o b g a     d o i r     m a sh q l a r

 

581.       Agar: 1) raqamlar takrorlanmasa; 2) raqamlar takrorlanishi mumkin bo‘lsa 0, 1, 2, 3, 4, 5 raqamlaridan jami nechta 4 xonali son tuzsa bo‘ladi?

 

582.       0, 3, 4, 5, 6, 7 raqamlaridan jami nechta 4 xonali toq son tuzish mumkin?

 

583.       Stolda ona tili, algebra, geometriya, ingliz tili darsliklari yotibdi. Malohat ularni kitob javoniga qo‘ymoqchi. Bu darsliklar javonda jami necha xil usulda turishi mumkin?

 

584.       Odatda, uchburchakning uchlari lotin alifbosining katta harflari bilan belgilanadi. Lotin alifbosida 26 ta harf bor. Uchburchakning uchlarini necha xil usulda belgilash mumkin?

 

585.       8 ta stulga 3 nafar o‘quvchini necha xil usulda o‘tqazsa bo‘ladi?

 

586.       Mijozning uy telefoni 7 raqamli bo‘lib, 218 dan boshlanadi. Mijoz a’zo bo‘lgan bu telefon stansiyasi nechta mijozga xizmat ko‘rsata oladi?

 

587.       Necha xil usulda 5 nafar qilichbozdan 2 tasini musobaqada qatnashish uchun tanlab olish mumkin?

Alining yechimi: 5 nafar qilichbozdan bittasini tanlash imkoniyati 5 ta. 4 nafar qilichboz qoladi. Ulardan bittasini 4 usulda tanlasa bo‘ladi. Demak, 5 · 4=20.

Javob: 5·4=20 xil usul bor.

Nozimaning yechimi: 5 nafar qilichbozninomerlabchiqamiz va ulardan 2 kishilik guruhlar tuzamiz: 12; 13; 14; 15; 23; 24; 25; 34; 35; 45.

Javob: 10 xil usulda tanlash mumkin.

Mubinabonuning yechimi:

Jami 4+3+2=10. Javob: 10 xil usulda.

Kimning yechimi to‘g‘ri? Kimning yechimi sizga yoqdi? Nimasi bilan yoqdi?

 

588.       Sizning tengdoshingiz bo‘lgan bir bola: „Hozircha men bir havaskor bolaman, katta bo‘lsam katta shoir bo‘laman“, deb yaxshi niyat qilib she’r yozib yurarkan. She’rlarining biriga „Lola“ deb sarlavha qo‘yibdi. Bu she’rning 1- qatoriNavbahorda qirda ochildi lolaekan. Qolgan qatorlar 1-qatordagi so‘zlarning o‘rnini almashtirish natijasida hosil bo‘lgan. Bu „she’r“ da eng ko‘pi bilan nechta qator bor?

 

589.       Do‘kondagi 10 xil mevadan 3 xilini sotib olmoqchisiz. Buni necha xil usulda bajara olasiz?

 

590.       Telefon stansiyasi telefonining nomeri 6 xonali son bo‘lgan 450 000 mijozga xizmat ko‘rsatadi.

1) Bu stansiya yana nechta mijozga xizmat ko‘rsata oladi?

2) Tarmoqqa yana 62 000 mijoz ulanishi mumkinmi?

 

591.       To‘g‘ri chiziqda: 1) 4 ta; 2) 6 ta; 3) 10 ta; 4) n ta nuqta belgilandi. Har bir holda nechta kesma hosil bo‘ladi?

 

592.       Aylana chizing va unda 4 ta nuqtani belgilang. Nechta yoy hosil bo‘ldi? Yoylarni turli rangdagi qalamlar bilan bo‘yang. Bunday qalamlardan nechta kerak bo‘ladi?

 

593.       Rayhonkafesining taomnomasida 3 xil somsa, 4 xil 1- taom, 5 xil 2- taom bor ekan. 3 xil turdagi taomga buyurtmani nechta usulda berish mumkin?

 

594.       2 ta olma, 2 ta nok, 2 ta shaftoli bor. 3 nafar o‘rtoq mevalarni har biri 2 ta turli meva oladigan qilib bo‘lib olishmoqchi. Buni jami nechta usulda bajarsa bo‘ladi?

 

595.       Navro‘zbayrami kunlarida kiyish uchun Oydin 4 xil adras ko‘ylakning biror xilini, 5 xil atlas ko‘ylakning ikki xilini tanlamoqchi. Oydin ko‘ylaklarni jami necha xil usulda tanlashi mumkin?

 

596.       Hamma raqamlari: 1) juft bo‘lgan; 2) toq bo‘lgan nechta 5 xonali son bor?