TARIXIY MASALALAR

 

1. Nyuton masalasi. Bitta xattot 8 kunda 15 varaq yoza oladi. 405 varaqni 9 kunda yozib tugatish uchun nechta xattot kerak bo‘ladi'

 

2. Yem otning o‘ziga 14 kunga, ot bilan toychoqqa esa 10 kunga yetadi. Shu yem toychoqning o‘ziga necha kunga yetadi?

 

3. Asalarilarning beshdan biri oq gullarga, uchdan biri esa qizil gullarga qo‘ndi. Ular ayirmasining uch baravari esa sariq gullardan bol yig‘moqda. Faqat bittagina asalari gullar iforidan rohatlanib, uchib yuribdi. Qani menga ayt-chi, gulzorda qancha  asalari bor?