Rene Dekart

         

           Fransuz matematigi Rene Dekart (1596-1650) matematikaga o‘zgaruvchi miqdor tushunchasini fanga birinchi bo‘lib kiritdi. U to‘g‘ri chiziqli koordinatalar usulini ishlab chiqdi, shuningdek o‘zgaruvchi miqdor va funksiya tushunchalarini kiritdi. Bu bilan u geometriya va arifmetika orasidagi uzilishni bartaraf etdi. Shunday qilib, miqdorlar orasidagi bog‘lanishlar sonlar orasidagi bog‘lanishlar orqali ifoqalana boshladi, bu esa yaqqol ifodalanmagan sonli funksiya g‘oyasidan iborat edi.

           Fanga o‘zgaruvchi miqdorlarning kirib kelishi bilan hisoblash matematikasi va harfli algebra yanada rivojlandi. Koordinatalar yordamida miqdorlar orasidagi mosliklarni grafik ravishda tasvirlash mumkin bo‘ldi. Rene Dekart  “Geometriya”, “Uslub haqida mulohazalar” asarlarini yozib, matematikada to‘g‘ri chiziqda nuqtaning koordinatalari usulini ishlab chiqdi. o‘zgaruvchi miqdor va funksiya tushunchalarini geometrik talqin qildi.

          Miqdor orasidagi munosabatlarni yozishga, harflardan foydalanish natijasida algebraik shakl almashtirishlar yordamida bog‘lanishlarni boshqa ko‘rinishga o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Dekart davriga kelib harfiy belgilashlar takomillashdi, koeffitsiyentlar lotin harflari (a, b, c, … ) bilan, noma’lumlar  esa  oxirgi  lotin harfrlari (x, y, z, … ) bilan belgilangan.

     

 

mavzuga