TARIXIY  MA’LUMOTLAR

 

Qisqa ko‘paytirish formulalari, algebraik kasrlarga oid ma’lumot qadimgi risolalarda uchraydi. Masalan, al-Karajining «Al-Fahri», Misr olimi Abu Komil (850–930) ning «Kitab al-jabr val-muqobala» asarlarida ham algebraik kasrlar o‘rganilgan. Abu Komil al-Xorazmiydan keyin algebraga doir kitob yozgan birinchi olimdir. Abu Komil o‘z asarida , , ,  kabi sodda munosabatlarga ham e’tibor qaratadi.

Algebraik kasrlarga I. Nyutonning «Umumiy arifmetika» kitobida ham yetarlicha o‘rin berilgan. « kasr a ni b ga bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan kattalikdir. Xuddi shuningdek,  kattalik ab–bb ni a + x ga bo‘lish natijasida hosil bo‘ladi — deydi Nyuton.