Dars jarayonida oʻqitishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanish

 

Ma’lumki, umumta’lim maktablarida umumta’lim fanlarining asosiy vazifasi oʻquvchilarni zamonaviy fanlarning ba’zi bir umumiy gʻoyalari bilan tanishtirish, fanlarning amaliyotdagi tatbiqini, hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, oʻquvchilarga nafaqat faktlarning ilmiy bayonini berish, balki oʻqitishning turli qiziqarli metodlarini ham qoʻllash lozim. Masalan, koʻpchilikka ma’lum va ommabop boʻlgan krossvord oʻyini bolalarda qiziqish uygʻotishi tabiiydir. Krossvord koʻrinishidagi soʻrov shakli oʻquvchilar uchun har doim qiziqarli va oʻziga tortadigan metoddir. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shaklidan foydalanilganda darsda faqatgina kuchli oʻquvchilarnigina emas, balki kuchsiz oʻquvchilar ham faol ishtirok etadiiar. Shuningdek, boshqa interaktiv metodlarni keltiramiz.

 

Oʻqitishning interaktiv metodlari

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oʻsib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi ham qoʻyilgan. Ushbu masalaning hal etilishi koʻp jihatdan oʻqitishning interaktiv metodlarini qoʻllashga ham bogʻIiq.

Avvalo «interaktiv» tushunchasini aniqlab olaylik. «lnteraktiv» soʻzi inglizcha «interact» soʻzidan kelib chiqqan. «Inter» -oʻzaro, «act» – ish koʻrmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Demak, interaktiv deganda oʻzaro ish koʻrish, faoliyat koʻrsatish yoki suhbat tartibida kim bilandir (inson bilan) dialog (muloqot) holatida boʻlish tushiniladi. Shunday qilib, interfaol oʻqitish, awalambor. muloqotli oʻqitish boʻlib, jarayonning borishida oʻqituvchi va oʻquvchi orasida oʻzaro ta’sir amalga oshiriladi.

Interaktiv oʻqitishning mohiyati oʻquv jarayonini shunday tashkil etishdan jboratki, unda barcha oʻquvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan boiib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega boʻladiiar.

Darslardagi interaktiv faoliyat oʻzaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladi-gan dialogli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni koʻzda tutadi. Interaktiv metod bitta soʻzga chiquvchining, shuning-dek, bitta fikrning boshqa fikriar ustidan dominantlik qilish-ligini bartaraf etadi. Dialogli oʻqitish jarayonida oʻquvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni yechishga, alternativ fikrlarni chamalab koʻrishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga oʻrganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli oʻyinlar, ijodiy ishlar qoilaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi.

Interaktiv oʻqitish tashkilotchilari uchun, sof oʻquv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:

-         guruhdagi oʻquvchilarning oʻzaro muloqotlar jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib yetishi;

-         boshqalar bilan oʻzaro muloqotda boʻlish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;

-         oʻquvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.

Shuning uchun interaktiv oʻqitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatish uchun zarur boigan ikkita asosiy funksiyalar amalga oshirilishi lozim:

-         oʻqitishningpragmatikjihati - qoʻyilgan oʻquv masalasini yechishning shartligi;

-         tarbiyaviy masalalarni yechish - hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam koʻrsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish.

Shuni alohida qayd etish lozimki, oʻqitishning barcha interaktiv usullarini verbal (ogʻzaki) va noverbal usullarga ajratish mumkin.

Ogʻzaki usullarga quyidagilar kiradi:

         vizual: yuz ifodasi, gavdaning holati, harakatlar, koʻzlar orqali aloqa;

         akustik: intonatsiya, ovoz balandligi, tembr, nutq tempi, tovush balandligi, nutqiy pauzalar va h.k.

Verbal usullar orasida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin:

-         «oxiri ochiq» boʻlgan savollar, ya’ni yagona «toʻgʻri» javobga emas, balki muammo (savol) boʻyicha turli nuqtayi nazarlarni bayon qila olishga yoʻnaltirilgan savollarni bera olish qobiliyati;

-         oʻquvchilar bilan muloqotda oʻqituvchi tomonidan oʻzining nuqtayi nazarini hal qiluvchi nuqtayi nazar deb emas, balki neytral deb belgilanishi. Bu narsa mashgʻulot paytida oʻquvchilarga «toʻgʻri» va «notoʻgʻri» nuqtayi nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi;

-         mashgʻulotning tahlili va oʻz-oʻzini tahlil qilishga tayyorgarlik. Ushbu holat mashgʻulotlarda nima, qanday va nima uchun sodir boʻlganligini, oʻzaro faoliyat qayerda nimaga bogʻliq ekanligini, nimalar qilish kerakligi va boshqalarni tushunib olishga yordam beradi;

-         mashgʻulotning borishi, uning kulminatsiyasini, natijaviyligini va boshqalar kuzatish imkonini beruvchi yozma xotiralarni yozib borish.

Birinchi boʻlimga alohida e’tiborni qaratishni istar edik. oʻqituvchining savoli oʻquvchining tafakkurini rivojiantirish uchun kuchli vositadir. Interaktiv oʻqitish nuqtayi nazaridan savolning ikki xil turi mavjud:

-         oʻquvchining flkr doirasini chegaralab, uning bilganlarini oddiy qayta tiklashga keltirib qoʻyadigan savollar. Bunday savollar fikrlash jarayonini toʻxtatib turishga xizmat qilib, oʻquvchiga uning fikri hech kimni qiziqtirmasiigini tushunib yetishiga olib keladi;

-         fikr yuritish, oʻylash, tasawur qilish, yaratish yoki sinchildab tahlil etishga undovchi savollar. Bunday savollar fikrlash darajasini koʻtarish bilan birga, oʻquvchilarda ularning ham fikri qimmatga ega ekanligiga ishonch uygʻotadi.

Quyida savolni toʻgʻri ifoda qilish uchun bir nechta tavsiyalar keltiramiz.

1. Savollarni aniq va qisqa qoʻyish lozim.

2. Bitta savol orqali faqat bir narsani soʻrash kerak.

3. Savol mavzu bilan bevosita bogʻliq boʻlishi kerak.

4. Savoldagi barcha soʻzlaroʻquvchigatushunarli boʻlishi kerak.

5. Har bir savolga bir nechta javob boʻlishiga harakat qiling.

6. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu hoiat oʻquvchilarni oʻylashi va savolga javob berishida yengillik tugʻdiradi.

7. Faqatgina «ha» yoki «yoʻq», «toʻgʻri» yoki «notoʻgʻri» degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning.

8. quvchilarga oʻz tajribalariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering.

9. oʻquvchining oʻz nuqtayi nazarini bildiradigan savol-lardan berishga harakat qiiing.

10. Qoʻyilgan savolga javob berilganda oʻquvchilardan «Nima uchun shunday deb oʻylaysiz?» deb soʻrab turing.

Interaktiv usullar boʻyicha oʻqitish tashkil etilganda e’tibor berilishi kerak boʻlgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni masalasidir. Vazifaning mazmuni oʻqitishning an’anaviy shakl-lariga qaraganda boshqacharoq xarakterga ega boʻlishi lozim. Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum bir paragrafning konspekti olinishini vazifa sifatida berish maqsadga muvofiq emas, chunki har bir oʻquvchi bu ishni oʻzi, mustaqil bajarishi mumkin.

Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, muammoning nostandart qoʻyilishigina oʻquvchilarni bir-biridan yordam olishga, bosh-qalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi. Masalan, dasturlashga oid masala yechilganda uni kichik masalalarga boʻlish mumkin. oʻquvchilarni ham kichik guruhlarga boʻlish, har biriga kichik masalani yechishni va uning dasturini tuzishni tavsiya etish mumkin.

Dars oxirida guruhlarning yechimlari asosida asosiy masala yechimini hal qilish lozim. Buning natijasida bitta dars davomida murakkab masalani yechish va unga koʻproq oʻquvchilarni jalb qilish mumkin boʻladi. Ushbu usulni hozirgi davrda taiimda qoʻllash koiami ortib borayotgan «Loyihalar usuli»ning koʻrinishlaridan biri deb hisoblash mumlrin.

Quyida bir qator interaktiv metodikalarning tavsifi va Soros fondi mutaxassislari tomonidan tavsiya etilgan talqinga yaqin boʻlgan mohiyati keltiriladi.

 

REBUS

Boshqa oʻquv predmetlaridan kuchsiz oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar koʻpincha informatikadan yaxshi va tirishqoq oʻquvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslarva boshqotirmalarsodda boʻlishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatni jalb etishning samarali vositasi hamdir. Oʻyinli vaziyat, krossvord va rebusni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib oʻtish elementlari oʻquvchilarni shunday oʻziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika sohaqidagi bilimlarini toʻldirishga ragʻbatlantiradi.

Rebus

Tushuncha

Ta’rif

http://2.bp.blogspot.com/-mdVGkfFh9pw/VNcl_AoAOkI/AAAAAAAAACM/aQIx5nfK5sw/s1600/4.jpg

http://1.bp.blogspot.com/--8yGBbO8ItU/VNcl_d9WNII/AAAAAAAAACE/RVsON2b0bIc/s1600/5.jpg

http://1.bp.blogspot.com/-QqJGsQhv51k/VNcmpyBZFTI/AAAAAAAAACc/o5vx15WABUQ/s1600/6.jpg

http://4.bp.blogspot.com/-DW4_F6rVO1w/VNcmpsZYTKI/AAAAAAAAACY/bXoorz8OtiI/s1600/7.jpg

http://2.bp.blogspot.com/-tMH5SPAi538/VNcmqbP9AmI/AAAAAAAAACk/kGaJPb8q7uE/s1600/8.jpg

 

ANAGRAMMA

Plsaca

Pascal

traforn

FORTRAN

Ihpled

Delphi

Npoyth

Python

mitogrla

Algoritm

rtudas

Dastur

 

«VENN diagrammasi»

U ikki yoki undan ortiq katta oichamdagi oʻzaro kesishuv-chi aylanalar asosida tuziladi. Aylanalar orasida yozuv uchun yetarii joy qolishi kerak.

Bu diagramma asosan gʻoyalarni kontrastlash (bir-biridan ajratish) uchun qoʻUaniladi va taqqoslanayotgan obyektlarga xos umumiy va induvidual hususiyatlarni koʻrsatib beradi.

 

KLASTER metodi

Klasterlarga ajratish - oʻquvchilarga biror mavzu boʻyi-cha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. U turli gʻoyalar orasidagi bogʻlanishlar haqida fikr yuritishga undovchi stmkturalarni ajratib olishni talab etadi.

Bu metod biror mavzuni chuqur oʻrganishdan awal oʻquv-chilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, oʻtilgan mavztini mustahkamlash, yaxshi oʻzlashtirish, umumlashtirish hamda oʻquvchilarni shu mavzu boʻyicha tasawurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.

Ushbu texnologiyani oʻquvchilar bilan individual va guruh boʻlib ishlaganda qoʻllash mumkin. Klasterlarga ajratish texnologiyasi uncha murakkab emas.

I. Katta oʻlchamdagi qogʻoz yoki doskaning oʻrtasiga ochqich soʻz yoziladi.

2. oʻquvchilar ushbu soʻz bilan bogʻliq xayolga kelgan soʻz va jumlalarni uni atrofiga yoza boshlaydilar.

3. Yangi gʻoyalar paydo boʻlishi bilan xayolga kelgan soʻzlar ham darhol yozib qoʻyiladi.

4. Soʻzlarni yozish jarayoni oʻqituvchi tomonidan beigi-langan vaqt tugaguncha yoki barcha soʻz va gʻoyalar tuga-guncha davom etadi.

Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur.

1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e’tibor bermasdan yozib borish.

2. Orfografiya va boshqa omiilarga e’tibor bermaslik.

3. Vaqt tugaguncha, iloji boricha toʻxtalmasdan yozish.

4. Iloji boricha koʻproq bogʻianishlar hosii qilishga harakat qilish. Gʻoyalar va soʻzlar sonini chekiab qoʻymaslik.

 

 

«INSERT» texnologiyasi

Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga moʻljallan-gan boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi: I. Matrmi qalam bilan oʻqib chiqish. 2. oʻqish davomida matnda maxsus belgilar qoʻyib borish:

V  –  “...” haqida olingan bilim (ma’lumot)ga mos keladi;

+  –  yangi ma’lumot sanaladi;

_   _  “...” haqidagi bilimga qarama-qarshi;

?   –  tushunarsiz qo‘shimcha ma’lumot.

 

V

+

-

?

 

 

 

 

 

 

T- SXEMA

T- sxema bahs davomida javoblarni (ha/yoʻq, tarafdor/ qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita boʻlib xizmat qiladi. T- sxema texnologiyasi juda sodda.

Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan soʻng, quyida-gi koʻrinishdagi T- sxemani tuzish kerak.

 

Tarafdor

 

Muammo

Qarshi

 

 

 

Besh minutdan soʻng sxemaning chap tomonini toʻldirish lozim. Unda besh minut davomida oʻquvchilar mavzuga oid nechta kategoriya oʻylab topishgan boʻlsa, shuncha kategoriya koʻrsatiladi. Keyingi besh minutda oʻquvchilar sxemaning oʻng tomonini toʻldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida oʻquvchilar oʻzlarining T- sxemalarini boshqa juftlikning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega boʻladilar.

Ish uch bosqichda olib boriladi.

Birinchi bosqich. Guruh oʻquvchilari oʻrindiqlarga katta doira boʻyicha oʻtirib olishadi. oʻqituvchi muammoni ifoda etadi.

Ikkinchi bosqich. Beigilangan vaqt mobaynida (masalan, 10 minut) har bir oʻquvchi individual ravishda, oʻzining varagʻiga qoʻyilgan muammoni yechish yoʻllarini yozib oladi.

Uchinchi bosqich. Aylana boʻyicha har bir oʻquvchi oʻzi-ning takliflarini bayon qiladi. Guruhning qolgan a’zolari uning fikrini izohlamay, tanqid qilmay, jim eshitishadi va har bir band boʻyicha taklifni umumiy qarorga kiritish yoki kiritmaslik haqida ovoz berishdi. Umumiy qarorga kiritilgan takliflar doskaga yozib boriladi.

 

 

BALIQ SKELETI” metodi

 

                   muammo    muammo    muammo    muammo

 

 

 

 


                         hal qilish  hal qilish  hal qilish  hal qilish

 

Ta’rifi

         Muammoni qo‘yish va hal qilishning mazkur modeli bir qator muammolarni ta’riflash va yechib ko‘rishga imkon beradi.

Strategiya:

1.   Bir varaq oq qog‘ozda (vatman yoki A-3 varag‘i) baliq skeleti chiziladi  (boshi, kemirchagi, qovurg‘alari).

2.   Yuqoridagi «suyagiga» muammo ifodalanishi, pastidagiga esa - ushbu muammo mavjudligini (yoki uni hal qilish yo‘lllari, o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo‘yiladi.   

3.   To‘ldirilgan sxemaning taqdimoti.

Foydalanish doiralari   

         Tabiiy va aniq fanlarda, muammoli ta’lim berish uslubidan foydalanganda.

Afzalliklari

Ushbu sxema muammolarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning kompleks xususiyatlarini aks ettiradi.

 Qiyinchiliklar

Muammolarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.

Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, yo‘l harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar.

Bu usul orqali o‘quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o‘rganadilar.

Innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o‘tilgan darsda o‘quvchilar o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘ladilar, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, ta`lim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.

 


“NILUFAR GULI”   metodi

 

“NILUFAR GULI” chizmasi - muammoni yechish vositasi. O‘zida nilufar guli ko‘rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to‘qqizta katta to‘rt burchaklar tashkil etadi. Tizimli fikrlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi

Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda chizma tuzadilar: to‘rt burchak markazida avval asosiy muammoni (g‘oya, vazifa) yozadilar. Uning echish g‘oyalarini esa markaziy to‘rt burchakning atrofida joylashtiriladi.

Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda chizma tuzadilar: avval asosiy muammoni (g‘oya, vazifa) yozadilar, so‘ngra kichik muammolarni, ularning har biridan esa, kichik muammoni batafsil ko‘rib chiqish uchun “kichik shoxchalarni” chiqaradilar. Shunga asosan har bir g‘oyalar rivojlanishini batafsil kuzatish mumkin.ylashgan sakkizta to‘rt burchaklarga yozadilar. Markaziy to‘rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to‘rt burchaklarga yozilgan g‘oyalarni, atrofda joylashgan sakkizta to‘rt burchaklarning markaziga yozadilar, ya`ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib, uning xar biri o‘z navbatida yana bir muammodek ko‘riladi.

 

 

 

«BILAMAN. BILISHNI XOHLAYMAN. BILIB OLDIM» metodi

http://shuhratbek.uz/wp-content/uploads/2017/06/BBB-metod-2.jpg

 

Ushbu metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi.

Guruhlarning faoliyatlari quyidagi ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin:

·            har bir guruh umumiy sxema asosida o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg‘ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo‘yicha umumlashtiriladi;

·            guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

O‘quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi:

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

 

 

 

 

 

 

 

 

Metoddan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi, ya’ni:

1.        O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.

2.        O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi.

3.        O‘quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.

Bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarning to‘liq tafsiloti quyidagicha:

·        Sinf o‘quvchilari guruhlarga biriktiriladilar; o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajasi o‘rganiladi;

·        o‘quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;

·        o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi;

·        o‘quvchilarning ehtiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo‘yiladi;

·        o‘qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni xabardor qiladi;

·        o‘quvchilar o‘zlashtirgan yangi tushunchalar aniqlanadi;

·        bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 3-bandiga yozib qo‘yiladi;

·        mashg‘ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi.

 

Bilaman

Bilishni hoxlayman

Bilib oldim

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

SWOT-tahlil  metodi

SWOT tahlili strategik rejalashtirishning dolzarb va samarali usuli hisoblanadi

 

SWOT – tahlil metodibu g‘oya, jarayon, tajriba hamda ish natijalarini tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yî‘llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, analitik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi.

SWOT – tahlil tî‘rt yî‘nalishda olib boriladi:

·                     S – (strength) – kuchli tashkillashtirishning ichki manbalari mavjudligi nazarda tutiladi.

·                     W – (weakness) – zaif, kuchsiz tomonlari yoki ichki muammolarning mavjudligi.

·                     O – (opportunitu) – tashkillashtirishdan tashqarida rivojlanish uchun mavjud imkoniyatlari.

·                     T – (tnreat) – tashki muxitda tashkillashtirishni muvafakkiyatiga ta’sir etuvchi xavf-xatarlar, tî‘siqlar.

SWOT-tahlil - bu nima?

Bunday tahlilni o'tkazish uchun, agar mutaxassis ob'ekt haqida ma'lumotga ega bo'lsa, kerakli jadvallarni osongina tuzadi. SWOT-tahlil - bu to'rtta pozitsiyadan kelib chiqadigan vaziyatni baholashning bir yo'li:

SKuchlar - kuchlidir;

WZaif tomonlar - zaif tomonlar;

O – Imkoniyatlar - imkoniyatlar;

T – Tahdidlar - tahdiddir.

Kuch va zaif tomonlar - o'rganish vaqtidagi ma'lumotlar. Va imkoniyatlar va xavf-xatarlar allaqachon tashqi holatlardan iborat bo'lib, ular hech qachon ro'y berishi mumkin emas, barchasi qabul qilingan qarorga bog'liq. Bu kabi birinchi qisqartma, olim Kennet Andrews tomonidan Garvarddagi savdo konferentsiyasida, kompaniyaning harakatlari o'zgarishini o'rganish maqsadida belgilandi. O'tgan asrning o'rtalarida, bu strategiya tor doirada qo'llanilgan va hozirda har bir menejer SWOT usulidan foydalanishi mumkin.

 

 

 

F S M U   metodi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv-seminari yakunida (o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlari hamda mavzular. Muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida) yoki o‘quv rejasi asosida biror-bir bo‘lim o‘rganilgach qo‘llanilishi mumkin. Bu texnologiya o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchilar tomonidan o‘quv jarayonida egallangan bilimlarini tahlil etishga va aniqlashga, baxolashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.                    

Ushbu texnologiya asosida mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi quyidagicha bo‘ladi:

a)    O‘qituvchi har bir o‘quvchiga FSMU texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqatadi va vaqt tartibda ularni to‘ldirishni taklif qiladi. Bu yerda:

                F - Fikr – fikringizni bayon eting.

                S - Fikrga sabab – fikringiz bayoniga sabab êo‘rsating.

                M - Sababni isbotlash – ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring.

                U - Fikrni umumlashtirish – fikringizni umumlashtiring.

b)    Yakka tartibdagi ish tugagach. O‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va o‘qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘oz varaqlarini tarqatadi.

c)     Kichik guruhlarga har bir o‘quvchi yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda to‘rt bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etiladi.

d)    O‘qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o‘rtasida himoya qilishlarini so‘raydi.

e)     Mashg‘ulot o‘qituvchi tomonidan muammo bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi.

Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti mavzusiga doir “FSMU”

(F) - Fikr - Informatikada kompyuter texnikasi 2 qismga bo‘linadi.

(S) - Fikrga sabab – texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software)

(M) - Sababni isbotlash – texnik vositalarga kompyuter qurilmalari, dasturiy vositalarga esa kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar

(U) - Fikrni umumlashtirish - Kompyuter texnikasi hardware (texnik vosita) software (dasturiy vosita)ga  ajraladi

 


“TUSHUNCHALAR TAHLILI” metodi

 

Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o'tilgan (chorak, semestr eki o'quv yilida tugagan) o'quv  predmeti yoki bo'limning barcha mavzularini takrorlash, mustahkamlash, o'quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo'yicha o'qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o'z izohlarini berish, shu orqali o'z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o'qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha  o'quvchilarni baholay olishga, og'zaki va yozma nutqlarini takomillashtirishga yo'naltirilgan.

Uslubning maqsadi. O'quvchilarni mashg'ulotda o'tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo'yicha tayanch tushunchalarni o'zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o'z bilimlarini mustaqil ravishda erkin baen eta olish, o'zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o'z bilimlarini bir tizimga solishga o'rgatish. Uslubning qo'llanishi: o'quv mashg'ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o'quv predmetining biron-bir bo'limi tugallanganda) o'tilgan mavzuni o'zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o'tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin o'quvchilarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo'ljallangan. Ushbu uslubni mashg'ulot jarayonida yoki mashg'ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo'ladi.

Mashg'ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro'yxati, qalam (yoki ruchka), slayd.

Izoh: reja bo'yicha belgilangan mavzu asosida hamda o'qituvchining qo'ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o'tkazish mo'ljallangan bo'lsa, guruh o'quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o'tkazish belgilangan bo'lsa, u holda guruhlar soniga qarab, tarqatma materiallar tayyorlanadi).

Mashg'ulotni o'tkazish tartibi:

•  o'quvchilarni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratiladi;

•  o'quvchilar mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;

•  tarqatma materiallar har bir o'quvchiga yoki guruh a'zolariga tarqatiladi;

•  o'quvchilar yakka tartibda o'tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo'yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;

•  o'quvchilar tarqatma materialda mavzu bo'yicha berilgan tushunchalar eniga egallagan (yoki o'zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo'lsalar shunday) izoh yozadilar (avval, yakka tartibda);

•  o'qituvchi tarqatma materialda mavzu bo'yicha berilgan tushunchalarni o'qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to'g'ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo'lsa) tanishtiriladi;

•  har bir o'quvchi to'g'ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo'ladilar, o'z-o'zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek, bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.

Izoh: «Tushunchalar tahlili» uslubini «Chaynvord», «Uzluksiz zanjir», «Klaster», «Blits-zanjir» shaklida ham tashkil etish mumkin.

«Tushunchalar tahlili» uslubidan bir darsning o'zida dars boshlanishida o'tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egalaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.

Quyida mashg'ulotda foydalaniladigan tarqatma material namunasini keltiramiz (ilova).

 

¹

Tushuncha

MAZMUNI

1

 

 

2

 

 

3

 

 

4

 

 

5

 

 

...

 

 

 

 

“IDROK XARITASI (MIND MAP)” METODI

 

(inglizcha Mind map – fikrlar xaritasi) – fikrlash jarayonida ma’lumotni inson idrok qilishi uchun qulay shaklda – mantiqiy va assotsiativ sxemalarda aks ettirishning grafik metodi.
,IDROK XARITASI 

 

 

 

 

 

 

 

 


Idrok xaritasi metodi mavzu yoki î‘quv materialini grafikli bayon etish metodi bî‘lib, axborotlarnitizimli, tartibli va vizual î‘zlashtirish imkonini beradi. Ushbu metod fikrlashni rivojlantirish, murakkab mavzularni yaxshiroq tushunish, loyihalar yaratish va imtihonlarga tayyorlanishga yordam beradi.Idrok xaritasi fikrlash jarayonini aks ettiradi. Jarayon boshlanganda, bitta fikr boshqalarni keltirib chiqaradi. Har qanday g‘oya deyarli barcha yî‘nalishlarda cheksiz rivojlanishi mumkin. Asosiy g‘oya bir necha yirik g‘oyani î‘z ichiga oladi, ularning har biri, î‘z navbatida, undan ham kichik g‘oyalar kî‘rinishida aniqlanadi. Har bir kichik fikr ma’lum bir global fikr bilan uzviy bog‘liq. Ularning hammasini tasvirlash mumkin.

Idrok xaritasi texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi murakkab tuzilmaga ega texnik qurilma qismlarining bir-biriga sabab-oqibatli bog‘liqligini namoyish etish, ularni xotirada mukammal saqlab qolish, tizimlashtirishda samarali omil hisoblanadi. Unda tarmoq qancha kî‘p bî‘lsa, î‘quv materialini batafsil tahlil etish, birinchi darajali î‘quv materialiga imkon qadar diqqat-e’tibor qaratilishini oldindan belgilab olish imkonini beradi.

Boshqacha aytganda, idrok xaritasi metodi kafolatlangan yakuniy natijani berish imkoniga ega:

 • ma’ruza mashg‘ulotlarida – yangi bilimlarni bayon qilish, (jamoaviy);

 • amaliy mashg‘ulotlarida – bilimlarni tekshirish, mustahkamlash (kichik guruhlarda);

 • mustaqil ta’limda – ijodiy ishlash, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish (individual).

 

 


Step by Step (Qadam-baqadam) metodi

 

Bu metodni, asosan, amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin. ”Qadam-baqadam” metodida o‘quvchilarga beriladigan vazifa soda yechimdan boshlanib, keying har bir vazifaga 1 ta element qo‘shib boriladi. Natijada, bir necha qadamdan keyin murakkab masalalar yechich ko‘nikmasi hosil qilinadi.

 

 


O‘qituvchi darsda beriladigan bir necha bosqichli masalalarning bajarish algoritmi bilan tanishtiradi.

 

 


O‘quvchilar vazifalarni guruhda yoki individual ko‘rinishda birin-ketin bajaradi.

 


Barcha natijalarni o‘quvchi daftarga yozib boradi yoki kompyuterda fayl ko‘rinishida saqlaydi.

 

                 

Dars oxirida javoblar tahlil qilinadi va baholanadi.

 

 

 

 

«AQLIY HUJUM»

«Aqliy hujum» – jamoa boʻlib muhokama qiiishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi.

«Aqliy hujum»ning tamoyili juda sodda. oʻqituvchi oʻquv-chilar oldiga masalani qoʻyadi va ushbu masalani yechish boʻyicha oʻzlarining fikrlarini bayon qilishni soʻraydi. Ushbu bosqichda hech kimning boshqa ishtirokchilarning gʻoyalari haqida oʻz fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yoʻq.

«Aqliy hujum» yordamida bir necha daqiqa ichida oʻnlab gʻoyalarni olish mumkin. Gʻoyalar soni asosiy maqsad emas. Gʻoyalar eng toʻgʻri yechimni ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

«Aqliy hujum»ning qoidalari quyidagilardir:

-         taklif etilayotgan gʻoyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi;

-         ish gʻoyalar sonini koʻpaytirishga qaratilgan, gʻoyalar qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi;

-         har qanday gʻoyani kengaytirishga, rivojlantirishga harakat qilish mumkin;

-         har bir gʻoya yozib boriladi;

-         aqliy hujum oʻtkazish vaqti qafiy oʻrnatiladi va unga rioya qilinadi.

Aqliy hujum tugagandan soʻng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi. Tahlil qilinganda avvalo taklifning foydalilik jihatlariga e’tiborni qaratish lozim.

 

«Chigal mantiqiy zanjirlar»

Oʻqituvchi besh-oltita alohida hodisalarni yozib qoʻyadi. Bu hodisalar xronologik yoki sabab-oqibat zanjirlaridan biri boʻlishi mumkin. Har bir hodisa alohida varaqqa yoziladi va ular aralashtirib yuboriladi. Guruhga ushbu varaqlarning mantiqan toʻgʻri tartibini tiklash vazifasi beriladi. Buning uchun oʻquvchilar ketma-ket chaqiriladi va har biriga bittadan hodisani zanjirdagi oʻz oʻrniga qoʻyish vazifasi beriladi. Barchalari yagona fikrga kelib, hodisalarni zanjirga terib boʻl-ganlaridan soʻng, oʻqituvchi boʻlib oʻtgan hodisa haqidagi matnni oʻqiydi, oʻquvchilar esa oʻzlarining takliflari toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini tekshirib boradilar.

 

«Chop etilgan materiallar bilan ishlash»

Ushbu metodika kerakli axborotni izlash, nazariy ma’lu-motlarni mustahkamlash va tasniflash, yangi nazariy materialarni tushunib olishda qoʻllanilishi mumkin.

Sinf 4-6 kishidan iborat boʻlgan kichik guruhlarga boʻli-nadi. Guruhlar bir xil yoki har xil gazeta, jurnal kabi chop etilgan materiallarni oladilar.

Vazifa aniq bir mavzu boʻyicha axborot topish xususida boʻlishi mumkin.

Har bir guruh qoʻlidagi chop etilgan materiallardan vazifa-ga oid materiallarni olib (maqolalarni, rasmlarni qirqib olib), plakatlarga yelimlab, tegishli izohli matn tayyorlaydilar. Shundan soʻng oʻquvchilar qilgan ishlarini namoyish etib, tushuntirib beradilar. Boshqa guruhlar esa savollar beradilar va ishni baholaydilar.

Ushbu metod qoʻllanganda, izohli matnlarni tayyorlash ishi tugallangandan soʻng, barcha qolgan materiallar yigʻish-tirib olinishi kerak. Aks holda oʻquvchilargazeta yokijurnal-lardagi qiziqarli maqolalarni oʻqishga kirishib ketadilar va boshqalarning ma’ruzalarini tinglamaydilar.

 

«Mejduusobchik»          

Oʻqituvchi tomonidan muammo qoʻyiladi (dars mavzusi). Sinf guruhlarga boʻIinadi.

1. Muammo guruh ichida hal etiladi. Gunihning har bir a’zosi muhokamaning oxirida (vaqt – 15 minut) ushbu guruh qabul qilgan muammoni yechish yoʻli haqidagi malumotga ega boʻlishi lozim.

2. Dastlabki guruhlar tarqatiladi va yangi guruhlar tashkil etiladi. Bu guruhlar «harflar birligi» tamoyili boʻyicha tashkil etilad,: AAAA, BBBB, DDDD, EEEE. Yangi guruhning har bir a’zosi oldingi guruh qabul qilgan masalani yechish yoʻlini boshqalarga tushuntiradi (vaqt – 10 minut). Umumiy yoki eng yaxshi yechim tanlanadi.

3. Birinchi tashkil etilgan guruhlar yana tiklanadi. Qat-nashchilar endi yechimlar koʻpligini bilgan holda yigʻiladilar va muloqotda boʻladilar (vaqt - 10 minut).

 

«Mozaika»

1. Individual ishlash.

oʻqituvchi hajmi katta boʻlgan vazifani oʻquvchilarga tavsiya etadi. Masalan, darslikning biror paragrafini oʻrganish va rejasini tuzish; dolzarb muammo boʻyicha bahsga savollar 3 - Informatika oʻqitish metodikasi oʻylab topish va h.k. Bunga 15–20 minut vaqt ajratiladi. Muddat tugaguncha harbirguruh a’zosi masalaning yechimi boʻyicha oʻzining variantiga ega boiishi kerak.

2. Juftliklarda ishlash.

Har bir ishtirokchi oʻziga sherik tanlaydi. Masala oldingicha qoladi. Lekin ushbu bosqichning maqsadi juftliklar orasida umumiy yechimni topishdan iborat. Topilgan yechim har ikki ishtirokchining fikrini ifoda etgan boʻlishi muhim. Muhokama uchun 10 minut vaqt beriladi.

3. Juftliklarda ishlash (davomi).

Juftliklar almashishadi. Masala oldingicha qoladi. Yangi sheriklar oʻzlarining yechimlarini bir-biriga tushuntiradilar va yana masalaning yechimini yangilash imkonini izlashadi. Muhokama uchun 10 minut vaqt ajratiladi. Shunday qilib. guruhning har bir ishtirokchisi boshqalarning fikrini bilib olish, muammoni oʻzi qanday tushintirishni boshqalarga taklif etish va topilgan yechimni himoya qiiishga oʻrganish imkoniyatiga ega boiadi.

4. Guruh bilan birgalikda yechimni qabul qilish. Guruh birlikda toʻplanadi. Guruh a’zolarining hammasi muammoni mumkin boʻlgan yechish yoilari haqida ma’lumotga ega boʻlganliklari uchun, ushbu bosqichning maqsadi urnumiy holatlarni ishlab chiqishdan iborat. Bunda katta e’tibor rnazmuniy qismigagina emas, balki ijro etish shakliga ham qaratiladi (guruhlar yechimni konspekt, rasm, sxema va boshqa koʻrinishlarda tavsiya etishi mumkin). 10 minut vaqt ajratiladi.

5. Har bir guruh ishini baholash.

Mashgʻulot oxirida har bir guruh muammoning topilgan yechimini tavsiya etadi. Tanlab olingan ekspert komissiyasi tavsiya etilgan loyihalaming mazmunini baholaydi.

 

«6*6*6 metodi»

Bu shunday metodki, unga koʻra 36 ishtirokchi maium bir vaqt mobaynida biror bir masalani muhokama qilib, koʻpchilik guruh a’zolarining masalaga boigan munosabat-larini bilib olish mumkin.

Har biri 6 kishidan iborat boʻlgan 6 ta gumhda maium bir vaqt mobaynida oʻqituvchi tomonidan qoʻyilgan muammo muhokama qilinadi. Shundan soʻng oʻqituvchi guruh a’zo!ari orasida oldingi bahs gurahida qatnashgan oʻquvchilari boigan yangi guruh tuzadi. Yangi guruhda ishtirokchiiar oʻz guruh-larida qilgan ishlarining natijalarini muhokama qiladilar.

Ushbu metod guruh a’zolarining faolligini oshiradi. Ular-ning har biri qisqa fursat davomida bahs ishtirokchisi boiishi bilan birga, ma’ruzachi vazifasini ham bajaradi.

Ushbu metod bilan mashgʻulotni qanday olib borish kerak?

1. Mashgʻulot oldidan oʻqituvchi 6 ta stol atrofiga 6 ta oʻrindiq qoʻyib chiqadi.

2. Sinf har biri 6 ta oʻquvchidan iborat boʻlgan 6 ta guruhga boiinadi.

3. oʻquvchilar oʻz oʻrinlarini egallab boʻlganlaridan soʻng oʻqituvchi bahs mavzusini e’lon qiladi (guruhlar uchun vazifalar bir xil yoki bitta masalaning turli jihatlariga tegishli boʻlishi mumkin).

4. oʻqituvchi ish borishini nazorat qilib turadi. Barcha guruh a’zolari masalaning shartini toʻgʻri tushunganligiga ishonch hosil qilgach, savollarga javob beradi va agar ishtirok-chilar yordamga muhtoj boʻlib qolsalar, ularga qoʻshimcha koʻrsatmalar beradi.

5. Belgilangan vaqt tugaganidan soʻng oʻqituvchi yangi guruhlar tuzadi. Bunda har bir guruhda oldingi bahs guruhlaridan albatta bittadan vakil ishtirok etadi.

6. Mashgʻulotga yakun yasaladi.

 

«Rolli oʻyinlar»

Rolli oʻyinlar metodining mohiyati shundan iboratki, unda oʻquvchilarboshqa kishining roliga kirib, uning «ichida» hara-kat qiladilar. oʻyinda oʻquvchilarga asosan tugallanmagan vaziyatlar beriladi. Ular qaror qabul qilishlari, munozarali holatlarni bartaraf etishlari yoki taklif etilgan vaziyatlarni nihoyasiga yetkazishlari kerak boʻladi.

Rolli oʻyinlar oʻquvchilarda boshqalarai tushunish, ularga xayrxohlik qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Boshqalar rolini oʻynash orqali, oʻzgalarning oʻy-xayollarini tushunish oson. Rolli oʻyinlar oʻquvchilarga turli vaziyatlarda oʻzini tuta bilishning modellarini berishi mumkin.

Darslarda rolli oʻyiniarini qoʻllash quyidagi bosqichlami oʻz ichiga oladi:

l. oʻyinli vaziyatni tanlash. Rolli oʻyinlar uchun koʻplab materiallar mavjud. Ular individual qiyinchiliklarni (masalan, Internet xizmati provayderi bilan muloqot qilish) va muam-moni hal qilish vaziyatlarini (masalan, dasturiy mahsulot buyurmachisi bilan bahs) oʻz ichiga oladi. oʻyinlar maxsus savollar yoki muammolami hal etishda qoʻllanilishi mumkin. Masalan, yosh bolalarga Intemet larmogʻining barcha ma’Iu-motlariga kirishga ruxsat berish kerakmi yoki yoʻqmi, degan savolga javob topishda oʻyin metodidan foydalanish mum-kin. Va nihoyat, oʻyin jarayonida oʻquvchilardan intervyu olish, jnuzokara olib borish, tadqiqot olib borish va qaror qabul qilish, oʻzini himoya qila olish koʻnikmalari rivqjlanadi.

2. Tayyorlash. oʻquvchilar vaziyat yoki muammo bilan tanishadilar va ular oʻrtasida rollar taqsimlanadi.

3. Ishtirokchilarni tanlash. oʻqituvchi rolga oʻquvchilarni oʻzi tanlashi, guruhda oʻzlari taqsimlashlariga imkon berishi yoki xohlovchilarni taklif etishi mumkin. Rolli oʻyinlarda ishtirok etmayotgan oʻquvchilar kuzatuvchi boʻlishlari yoki boshqa rolni oʻynashlari mumkin.

4. oʻyinni o ‘tkazish. oʻquvchilar oʻyin doirasida oʻzlarini tutish usulini oʻzlari tanlaydilar. Bunda, albatta, berilgan vaziyatga tushganda inson oʻzini qanday tutishi mumkinligi asos qilib olinadi. oʻyinning borishiga oʻqituvchi aralashmas-ligi lozim. Ayrim hollarda oʻyin tugagandan keyin rollarni almashib, yana bir bor oʻyin oʻtkazish foydadan xoli boʻlmaydi.

5. Muhokama. oʻyin muhokama qilinishi va baholanishi kerak. Ishtirokchilar va kuzatuvchilar oʻyinda boʻlib oʻtgan voqealarni va bu voqealar nima uchun roʻy berganligini muho-kama qilish va tahlil etish imkoniyatlariga ega boʻlishlari lozim.

Muhokama uchun quyidagi savollarni berish mumkin:

   Siz nimalarga oʻrgandingiz?

   oʻyin boʻyicha va har bir rol boʻyicha nimalarni his etayapsiz?

   oʻyin hayotda roʻy beradigan vaziyatga nimasi bilan oʻxshadi va nimasi bilan farq qildi?

   Qoʻyilgan masala hal etildimi?

   Agar boshqacha oʻynalganda nima boʻlar edi?

 

«Besh minutlik esse»

Yozma vazifaning ushbu turi dars oxirida qoʻIlaniladi. Uning maqsadi oʻquvchilarda oʻrganilayotgan mavzu boʻyicha bilimlariga xulosa yasashni oʻrgatish boʻlsa, oʻqituvchi uchun oʻquvchilar ongida nimalar roʻy berayotganligini bilish-dan iborat. oʻquvchilardan quyidagi ikki vazifani: mazkur mavzu boʻyicha nimalarni bilib olganliklari va oʻzlari javob ololmagan biror savolni yozib berish soʻraladi.

Oʻqituvchi yozma ishlarni darhol yigʻib oladi, ularni tahlil etib, natijalaridan keyingi darsni rejalashtirishda foydalanishi mumkin.