Elektron o‘quv majmuadan foydalanish

 

 

Matematika dasturining 7-sinf “Algebra” kursi uchun yaratilgan ushbu elektron o‘quv majmua o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Undan foydalanish esa juda ham sodda va o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar uchun qulaydir.

Elektron o‘quv qo‘llanmani ishga tushurish uchun “Algebra7 deb nomlangan papkaning ichidagi Algebra7.exe fayli ishga tushiriladi. Dastur toʻliq ishlashi: flesh menyu, animatsiyalar, interaktiv test va slaydlar ishlashi uchun Adobe Flash Player dasturini oʻrnatish lozim. Buning uchun shu papkadagi Install_flash_player_11.exe (yoki boshqa, keyingi versiyalari) faylini ishga tushirish va dasturni oʻrnatish lozim. Shuningdek, “KIRISH” tugmasi orqali asosiy sahifaga oʻtilgach hamda birorta boʻlim tanlanib, shu boʻlimga kirgach klaviaturadan [F5] tugmasini bosish maqsadga muvofiqdir.

Elektron o‘quv majmua ishga tushirilgach ekranda quyidagi ko‘rinish namoyon bo‘ladi:

rasm01.jpg

 

Unda “bosh sahifa”ga, “dasturlar”ga, “birliklar”ga, “mualliflar”ga va matematika dasturi bo‘yicha “DTS”ga o‘tish uchun mo‘ljallangan elektron o‘quv majmuaning bo‘limlari mavjud bo‘lib, ekranning yuqori qismida joylashgan. O’rtadagi oyna esa barcha ma’lumotlarni ko‘rsatuvchi ekrancha hisoblanadi. Unda dastlab, elektron darslik (o‘quv majmua)ning multimediali, animatsion ko‘rinishi, “Kirish” tugmasi bosilgach esa mundarijasi namayon bo‘ladi, bu orqali “Algebra” kursi bo‘yicha kerakli bobni tanlash va undagi mavzularni o‘zlashtirish mumkin. Masalan:

1) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “bosh sahifa” bo‘limi tanlangach, yuqoridagidek ko‘rinish paydo bo’ladi va undan “Kirish” tugmasini bosish orqali mundarijaga o‘tamiz. “Kirish” tugmasi bosilgach quyidagi rasmda ko‘rinib turganidek, boblar ro‘yxati (mundarija) turadi, undan kerakli bobga kirish uchun, masalan “I BOB.  ALGEBRAIK IFODALAR” belgisi sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali tanlanadi. Uning ichida shu bobga tegishli mavzular mavjud bo‘lib, quyidagi ko‘rinish oladi.

rasm02.jpg

 

Undan “1-§. Sonli ifodalar” mavzusini olamiz. Ushbu mavzu tanlangach ekranda quyidagi ko‘rinish paydo bo‘ladi.

rasm03.jpg

 

Unda mavzu nomi va “mundarija”, “mavzu”, “mashq”, “test” bo‘limlari mavjuddir. Dastlab shu mavzuning to‘liq matni namoyon bo‘ladi, shuningdek, “mavzu” tanlangach ham shunday bo‘ladi. Unda turli animasiyalar, mavzuni o‘quvchilarga tushuntirish, tasvirlarni ko‘rish, dasturlarga o‘tish va ovozli yozuvlardan foydalanish imkoniyatlari mavjud. “mundarija” bosilgach esa boshqa boblarga yoki mavzularga kirish imkonini beruvchi mundarija qismiga qaytish mumkin. Bu holat har bir mavzuda va har bir bo‘limda mavjud.

O’qituvchi tomonidan mavzuga doir tushunchalar yuqoridagilar orqali tushuntiriladi, ya’ni Algebra so‘zining kelib chiqishi, sonli ifoda, sonli ifodaning qiymati, sonli tenglik, to‘g‘ri tenglik tushuntiriladi. Har bir tushuncha va keltirilgan misol alohida belgi (urg‘u) va rang bilan ifodalangan ( Sonli ifodaning qiymati, Masalan, 1- Masala).

rasm04.jpg

 

Bu o‘quvchi yodda saqlashi lozim bo‘lgan tayanch tushunchalar ekanligini bildiradi. Shuningdek, o‘quvchilar e’tiborini qaratish uchun biror qoidalarni ta’kidlash () ma’nosida alohida belgilardan foydalanilgan.

rasm05.jpg

 

Ushbu Elektron o‘quv majmuada multimedia imkoniyatlaridan samarali foydalanilgan bo‘lib, animatsion tasvirlar va tovushlar mavjud. Buning uchun “tasvir” belgisidan foydalanish kerak,  “tasvir” belgisi tanlangach sonli ifodalarga doir tushunchalarni misollar bilan tushuntiruvchi animatsion tasvir paydo bo‘ladi. O’quvchi yaxshi tushunib olishi, bilim va ko‘nikma hosil qilishi uchun “takror” belgisini bosib, takroran ko‘rishi, “chiqish” orqali esa mavzuga qaytishi mumkin.

rasm06.jpg

 

Har qanday o‘quvchi mavzuni tushunib olishi va o‘zlashtirib olishida ko‘z bilan ko‘rib ham eshitishi muhim ahamiyat kasb etadi. Elektron o‘quv majmuada “Sonli ifodalar” mavzusining tayanch tushunchalari alohida oynachada ovozlar bilan keltirilgan. Tayanch tushunchalarni o‘rganishda o‘quvchi kerakli tushunchani tanlaydi, uning oynachasida shu tushunchaning ta’rifi namoyon bo‘la boradi, shu bilan birga ovozli yozuv ham eshitiladi. Bu o‘quvchining ham ko‘rib, ham eshitib ma’lumot olishiga imkon beradi. Bunda ovoz faqat bir marotaba eshitiladi, ta’rif esa qayta namoyon bo‘laveradi, ya’ni o‘quvchi ta’rifni yozib olishi mumkin. Agar ovozni eshitib yaxshi tushunib oladigan bo‘lsa, u holda shu tushunchani yana bir bora tanlashi lozim. Har safar tushuncha tanlangach ovozli ta’rif eshitiladi. Bu holat o‘quvchining xotirasida ushbu tushunchaning yaxshi saqlanishiga imkon beradi.

rasm07.jpg

 

Tayanch tushunchada ovozning qayta-qayta qo‘yilmasligi, ba’zi o‘quvchilar me’dasiga tegishi mumkinligini inobatga olinganligidan dalolatdir. Xuddi shunday boshqa ta’riflar ham tanlanadi.

Mavzu to‘liq o‘tilgach “mashq” bo‘limiga o‘tiladi. Unda mavzuni mustahkamlash uchun mavzuga doir mashqlar mavjud bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan berilganlari ishlanadi. O‘qituvchi mashqlarni o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatiga qarab individual, alohida tanlab berishi mumkin. Mashqlar to‘plami berilgan ekranchaning oxirida “javoblar” belgisi tanlansa, keltirilgan mashqlar ba’zilarining javoblari yoki shu mashqni bajarish uchun ko‘rsatmalar berilgan bo‘ladi. Shu tariqa, dars so‘ngida o‘qituvchi uyga vazifa berish uchun “mashq” bo‘limidan mashqlar nomerini tanlab o‘quvchilarga o‘sha tanlangan mashqlarni yozib olishlarini ta’kidlashi mumkin. Bunda ham o‘quvchilarga individual yondashib mashqlar nomerini tanlash imkoniyati mavjud.

rasm08.jpg

 

rasm09.jpg

 

rasm10.jpg

 

Oquvchilarga mavzu o‘tilgach va shu mavzuga doir mashqlar bajarilgach, mavzuni qanchalik o‘zlashtirilganligini aniqlash hamda o‘quvchilar bilimini baholash uchun dars yakunida “test” bo‘limiga kirish lozim. Buning uchun yuqoridagidek sichqoncha yordamida “test” bo‘limi tanlanadi. “Sonli ifodalar” mavzusiga doir 5 tadan test savollari hosil bo‘ladi.

rasm11.jpg

 

Test bajarib bo‘lingach, “test natijasini ko‘ring” tugmasi bosiladi va ekranchaga test natijasi hosil bo‘ladi. Unda o‘quvchi testning nechtasiga to‘g‘ri javob bergani va bahosi ko‘rsatiladi. Shuningdek, bahosiga qarab achinarli yoki rag‘batlantiruvchi so‘zlar ham namoyon bo‘ladi.

rasm12.jpg

 

O‘qituvchi dars so‘ngida test natijalari va o‘quvchilarning mashqni bajarganliklariga qarab, o‘quvchilarni baholaydi. Bunda, test natijasini hisobga olgan holda ko‘proq o‘quvchilar baholanadilar, ya’ni barcha o‘quvchilarga baho qo‘yish mumkin.

 

Xuddi shunga o‘xshab, yuqoridagidek, “2-§. Algebraik ifodalar” mavzusini, “3-§. Algebraik tengliklar. Formulalar” mavzusini, “4-§. Arifmetik amallarning xossalari” mavzusini, “5-§. Qavslarni ochish qoidalari” mavzusini hamda boshqa boblarni, har bir bobning mavzularini o‘tish (o‘rganish) mumkin.

 

O‘quvchilarning o‘zlari ham mustaqil ravishda mavzuni o‘rganishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter oldiga kelib, elektron o‘quv majmuadan foydalanishlari mumkin. Bu o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlaydi hamda sababli ravishda darsda qatnasha olmagan o‘quvchining o‘zi mustaqil mavzuni o‘zlashtirib olishiga imkon beradi.

 

Bu bobning oxirida “I- bobga doir mashqlar va testlar” bo‘limi orqali (shuningdek, har bir bobning oxirida), shu bobga tegishli mashqlar, testlar yechiladi.

rasm13.jpg

 

rasm14.jpg

 

rasm15.jpg

 

Bobga doir ishlangan mashqlar va test natijalariga ko‘ra bobni qanchalik o‘zlashtirganligi aniqlanadi va baholanadi. O‘qituvchi tomonidan kalendar reja asosida bob yakuni bo‘yicha nazorat ishi o‘tkaziladi. Ushbu elektron o‘quv majmuada “Algebraik ifodalar” bobi bo‘yicha 1- yozma nazorat ishi (“nazorat ishi”) variantlari keltirilgan. Bu o‘qituvchi uchun bob yakunida yozma nazorat ishi olishda, darslarda foydalanishda qulaylik tug‘diradi.

rasm16.jpg

 

Shuningdek, bobga doir tarixiy ma’lumotlar va tarixiy masalalar berilgan bo‘ladi (“Tarixiy: masala, ma’lumot”). Undagi tarixiy masalalarni o‘quvchilar yechishi talab etiladi, qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida tarixiy ma’lumotlar berilgan.

rasm17.jpg

 

rasm18.jpg

 

Bu o‘qituvchi uchun “Algebra” (7-sinf) kursidan kalendar ish rejasining mavjudligini bildiradi va tayyor kalendar ish rejasi asosida o‘ziga mos holda ajratilgan soatlarga o‘tiladigan sanalarni qo‘yib chiqishi yetarli bo‘ladi. Bu ham o‘qituvchi uchun bir qulaylik hisoblanadi.

 

2) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “dasturlar” bo‘limida algebra kursining dasturiy paketlari mavjud, ya’ni hisob ishlarini va grafika (funksiya grafigini chizish) bilan bog‘liq ishlarni avtomatik bajariladigan dasturlar tuzilgan bo‘lib, foydalanuvchi uchun qulayliklar tug‘diradi.

rasm19.jpg

 

Undan kerakli dastur tanlanadi va ishga tushiriladi. (Eslatma: Agar quyidagicha xatoliklar chiqadigan bo‘lsa, undagi Âûïîëíèòü tugmasini bosish lozim.)

rasm20.jpg     rasm21.jpg  

 

Masalan, “Birinchi darajali bir nomalumli tenglamalarni yechishtanlansa, tenglama ax=b korinishga keltirilgash (masalan, 29x17=4x+18 tenglama berilgan, uni 29x4x=18+17, 25x=35 ko‘rinishga keltiramiz) quyidagi dastur ishga tushadi. Maxsus dastur ishga tushgach a âà b ning qiymatlari so‘ralgan oynaga kiritiladi, “natija” tugmasi bosilgach tenglamaning yechimi chiqadi.

rasm22.jpg

 

Ushbu dasturlar tegishli mavzularning ham ichiga joylashtirilgan bo‘lib,  “o‘zingiz ko‘ring” yoki “o‘zingiz sinab ko‘ring” tugmalari bosilgach dastur ishga tushadi.

 

3) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “birliklar” bo‘limida ham maxsus dastur bo‘lib, bu foydalanuvchilar uchun birliklar bilan ishlashda ancha qulayliklar yaratadi. Ushbu dastur ishga tushgach quyidagicha ko‘rinadi:

rasm23.jpg

 

Unda “Uzunlik”, “Og‘irlik”, “Hajm”, “Tezlik”, “Maydon”, “Harorat” kabi bo‘limlari mavjud bo‘lib, har bir o‘lchov birligi bo‘yicha turli ko‘rinishdagi qiymatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, “Uzunlik” tanlangach uzunlik o‘lchov birliklarini bir-biriga nisbatan qiymatlarini chiqaradi. Agar siz 1 metr boshqa o‘lchovlarda qancha bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsangiz “Metr” yozuvining oynasiga 1 ni yozasiz va uning yonidagi “Hisoblash” tugmasini bosasiz. Natijada quyidagi qiymatlar chiqadi:

rasm24.jpg

 

Agar siz 1 dyuym boshqa o‘lchovlarda qancha bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsangiz “Dyuym” yozuvining oynasiga 1 ni yozasiz va uning yonidagi “Hisoblash” tugmasini bosasiz. Natijada quyidagi qiymatlar chiqadi:

rasm25.jpg

 

Xuddi shu kabi “Og‘irlik” o‘lchov birliklarini ham bajarish mumkin, ya’ni 1 Kilogramm qancha bo‘ladi yoki 1 Unsiya qancha bo‘ladi. Ular quyidagi ko‘rinishga (qiymatlarga) ega bo‘ladi.

rasm26.jpg   rasm27.jpg

Ushbu dasturning boshqa bo‘limlari (O‘lchov birliklarining qiymatlari) ham yuqoridagidek bajariladi.

 

4) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning e-kitob bo‘limida, umumta’lim maktablari 7-sinf Algebra darsligining to‘liq kitob shakli elektron ko‘rinishda oynaga chiqadi. Buning uchun kerakli boʻlim sichqoncha yordamida tanlanadi, oynada interaktiv ko‘rinishda elektron kitob ochiladi va uni bemalol varaqlab o‘qish imkoniyati (ya’ni haqiqiy kitobni varaqlagan kabi holat) yuzaga keladi. Uning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

rasm28.jpg

 

rasm29.jpg

 

rasm30.jpg

 

rasm31.jpg

 

5) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “Tushunchalar” bo‘limi tanlanganda 7-sinf “Algebra” darsligida o‘tilgan barcha mavzular yuzasidan tushunchalar (atamalar) ro‘yxati chap tomonda paydo bo‘ladi. Biror kerakli tushuncha ustiga sichqoncha bosilganda u haqdagi ma’lumot (tushuncha ta’rifi) ovoz jo‘rligida namoyon bo‘ladi.

rasm32.jpg

 

rasm33.jpg

 

6) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning ro‘yxatga olishbo‘limida, 7-sinf o‘quvhcilarini guruhlar bo‘yicha (yoki boshqa mustaqil foydalanuvchilarni) ro‘yxatga olish mumkin. Ular haqidagi ma’lumotlar “ma’lumotlar bazasi”ga yoziladi. Buning uchun quyidagicha ma’lumot to‘ldiriladi va “kiritish” tugmasi bosiladi.

rasm34.jpg

 

7) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “mualliflar” bo‘limida, dastlab ushbu elektron o‘quv majmua qaysi darslik asosida tayyorlangan, uning mualliflari kim haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, ushbu majmuani yaratuvchi mualliflar haqida to‘liq ma’lumotlar beriladi.

rasm35.jpg

 

Buning uchun tegishli mualliflarning ism-shariflari yozilgan tugmalar bosiladi va bosilgan tugmaning tegishli mualliflari haqida to‘liq ma’lumot quyidagi ko‘rinishlarda paydo bo‘ladi.

rasm36.jpg

 

rasm37.jpg

 

rasm38.jpg

 

8) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning  yordam bo‘limida, foydalanuvchilar ushbu elektron o‘quv majmuadan yordam olishlari mumkin. Ya’ni ushbu elektron o‘quv majmuadan foydalanish yo‘l-yo‘riqlari haqida va elektron o‘quv majmuaning barcha bo‘limlari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

rasm39.jpg

 

9) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “Chiqish” tugmasi esa ushbu elektron o‘quv majmuadan (elektron darslikdan) chiqish, ishni yakunlash imkonini beradi.