387. Ko’paytmasi: 1) 156;  2) 210 ga teng bo’lgan ikkita ketma – ket natural sonni toping.

 

388. Ko’paytmasi: 1) 255;  2) 399 ga teng bo’lgan ikkita ketma – ket toq sonni toping.

 

389. To’g’ri to’rtburchakning perimetri 1m, yuzi esa 4 dm2. uning tomonlarini toping.

 

390. Yuzi 2,45 ga bo’lgan bog’ 630m uzunlikdagi devor bilan o’rab olingan. Agar bog’ to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lsa, uning bo’yi va enini toping.

 

 

391. 400 km masofani tezyurar poyezd yuk poyezdiga qaraganda bir soat tezroq bosib o’tdi.  

      Agar yuk poyezdining tezligi tezyurar poyezdnikidan 20 km/soat kam bo’lsa, har bir poyezdning tezligi qanday?

 

392. Kema daryo oqimi bo’yicha A bekatdan B bekatga bordi. Kema yarim soat to’xtagandan keyin orqasiga qarab jo’nadi va A dan chiqqanidan 8 soat o’tgandan keyin shu bekatga qaytib keldi. Agar A va B bekatlar orasidagi masofa 36 km ga teng, daryo oqimining tezligi esa 2 km/soat bo’lsa, kemaning turg’un suvdagi tezligi qanday?

 

393. Ikkita guruh birgalikda ishlab topshiriqni 6 kunda tamomladi. Agar guruhlardan biri shu topshiriqni bajarish uchun ikkinchisiga qaraganda 5 kun kam sarf qilsa, har bir guruh topshiriqni bajarish uchun necha kun sarf qiladi?

 

394. Kvadrat shaklidagi tunukadan 6 sm kenglikdagi tunuka qirqib olindi. Qolgan qismining yuzi 135 sm2 ga teng. Uning dastlabkio’lchamlarini toping.

 

395. To’g’ri to’trburchakli uchburchakning yuzi 180sm2. agar katetlaridan biri ikkinchisidan 31 sm katta bo’lsa, shu uchburchakning katetlarini toping.

 

396. 30 km li masofani chang’ichilardan biri ikkinchisiga qaraganda 20 min tezroq bosib o’tdi. Birinchi chang’ichining tezligi ikkinchisinikidan 3 km/soat ortiq edi. Har bir chang’ichining tezligi qanday?

 

397. Ikkita qurilish guruhi birgalikda ishlab, qo’ylar uchun 12 kunda qo’ton (qo’ra) qurdi. Agar bu ishni bajarish uchun birinchi guruhga ikkinchisiga qaraganda 10 kun ortiq talab qilinsa, har bir guruh alohida ishlab, shunday qo’tonni necha kunda qurib bitkazadi?

 

 

6

     

      KO’PHADNI KO’PAYTUVCHILARGA AJRATING.