93.     Ikki sonning yig‘indisi 51 ga teng, ularning ayirmasi esa 21 ga teng. Shu sonlarni toping.

 

94.    O‘quvchi 3 ta umumiy daftarga va 2 ta qalamga 660 so‘m to‘ladi. Ikkinchi o‘quvchi xuddi shunday 2 ta umumiy daftar va 2 ta qalamga 460 so‘m to‘ladi. Umumiy daftar necha so‘m va qalam necha so‘m turadi?

 

95.    14 m matodan 4 ta erkaklar va 2 ta bolalar paltosini tikish mumkin. Agar 15 m shu matodan 2 ta erkaklar va 6 ta bolalar paltosini tikish mumkin bo‘lsa, bitta erkaklar va bitta bolalar paltosi tikish uchun necha metr mato kerak bo‘ladi?

 

96.    To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 32 sm ga teng. Qo‘shni tomonlarning ayirmasi 2 sm ga teng. To‘g‘ri to‘rtburchak­ning tomonlarini toping.

 

97.    Agar ikki sondan birinchisining ikkilanganidan ikkinchi son­ning ayirmasi 7 ga teng, birinchi sondan ikkinchi son ik-kilanganining ayirmasi 8 ga teng bo‘lsa, shu sonlarni toping.

 

98.    Ikki fermer birgalikda 1456 sr don yig‘ib olishdi. birinchi fermer 46 ga maydondan, ikkinchi fermer esa 35 ga may-dondan bug‘doy yig‘ib oldi. Agar birinchi fermer 1 ga may­dondan ikkirichiga qaraganda 7 sr ko‘p don yig‘ishtirib olgan bo‘lsa, har bir fermer o‘rtacha har gektardan alohida-alohi-da necha sentnerdan hosil yig‘ib olgan?

 

99. Ikki ishchi birgalikda 1020 ta detal tayyorladi. Birinchi ishchi 15 kun, ikkinchisi esa 14 kun ishladi. Agar birinchi ishchi 3 kunda ikkinchi ishchi 2 kunda tayyorlaganidan 60 ta ko‘p detal tayyorlagan bo‘lsa, har bir ishchi bir kunda nechta detal tayyorlagan?

 

100. Ikki traktorchi birgalikda 678 ga yerni ekishga tayyorladi. Birinchi traktorchi 8 kun, ikkinchisi esa 11 kun ishladi. Agar birinchi traktorchi 3 kunda ikkinchi traktorchi 4 kunda bajarganidan 22 ga kam yerni ekishga tayyorlagan bo‘lsa, har bir. traktorchi bir kunda necha gektar yerni ekishga tayyor­lagan?

 

101. 8 ta ot va 15 ta sigir uchun kuniga 162 kg xashak ajratishdi. Agar 5 ta otga 7 ta sigirga qaraganda 3 kg ortiq xashak be-rishganligi ma’lum bo‘lsa, kuniga har bir otga va har bir sigirga qanchadan xashak berishgan?

 

102. Ikki usta 1170 ta detal yasashdi. Birinchisi 15 kun, ikkinchisi esa 14 kun ishladi. Agar birinchi usta 4 kunda ikkinchi usta 3 kunda yasaganidan 110 ta ortiq detal yasaganligi ma’lum bo‘lsa, ulardan har biri bir kunda qancha detal yasagan?

 

103. a so‘mga 8 kg birinchi nav va 20 kg ikkinchi nav uzum sotib olishdi. Agar 5 kg birinchi nav uzum 7 kg ikkinchi nav uzum-dan b so‘m qimmat tursa, har bir nav uzumning 1 kilogrami qancha turadi?

 

104. Agar ikki son yig‘indisining uchlangani ular ayirmasining ikkilanganidan 8 ta ortiq, shu sonlar yig‘indisining ik-kilangani ular ayirmasidan 6 ta ortiq bo‘lsa, shu sonlarni toping.

 

105. Otasi qizidan 26 yosh katta, 4 yildan keyin u qizidan 3 marta katta bo‘ladi. Otasi necha yoshda, qizi necha yoshda?