Ushbu masalani qaraylik.

* M a s a l a .  O‘quvchi yig‘indisi 10 ga, ayirmasi esa 4 ga teng bo‘lgan ikkita son o‘yladi. O‘quvchi qanday sonlarni o‘ylagan?

Izlanayotgan sonlardan birini x bilan, ikkinchisini esa y bilan belgilaymiz. U holda, masala shartiga ko‘ra x+y=10 va x–y=4 bo‘ladi.

Bu tenglamalarda noma’lum sonlar bir xil bo‘lgani uchun bu tenglamalarni birgalikda qaraladi va ular ikkita tenglama sistemasini tashkil qiladi deyiladi:

          (1)

 

Chap tomonda turgan katta qavs har bir tenglamani to‘g‘ri tenglikka aylantiruvchi (x; y) sonlar juftini topish kerakligini bildiradi.

(1) tenglamalar sistemasi – bu birinchi darajali ikki noma’lumli ikkita tenglama sistemasiga misoldir.

Ikkita son:  x=7 va y=3 (1) sistemadagi har bir tenglamani to‘g‘ri tenglikka aylantirishini tekshirib ko‘rish oson:

 

Bunday sonlar jufti (1) sistemaning yechimi deyiladi.

 

Birinchi darajali ikki noma’lumli ikkita tenglama sistemasi umumiy ko‘rinishda bunday yoziladi:

 

 

 

bu yerda a1, a2, b1, b2, c1, c2, b – berilgan sonlar, x va y – noma’lum sonlar. *Masalan, (1) sistemada: a1=1, b1=1, c1=10, a2=1, b2=–1, c2=4.

(2) tenglamalar sistemasining yechimi deb, shunday x va y sonlar juftiga aytiladiki, ularni shu sistemaga qo‘yganda uning har bir tenglamasi to‘g‘ri tenglikka aylanadi.

Tenglamalar sistemasini yechish – bu uning hamma yechimlarini topish yoki ularning yo‘qligini aniqlash demakdir.