Test   savollari

1. O‘quvchi 3 ta umumiy daftarga va 2 ta qalamga 660 so‘m to‘ladi. Ikkinchi o‘quvchi xuddi shunday 2 ta umumiy daftar va 2 ta qalamga 460 so‘m to‘ladi. Umumiy daftar necha so‘m va qalam necha so‘m turadi?
A) 200 so‘m va 30 so‘m
B) 20 so‘m va 30 so‘m
C) 200 so‘m va 3 so‘m
D) 20 so‘m va 3 so‘m
E) 200 so‘m va 300 so‘m

2. Ikki sonning yig‘indisi 51 ga teng, ularning ayirmasi esa 21 ga teng. Shu sonlarni toping.
A) 14 va 15
B) 36 va 15
C) 36 va 17
D) 25 va 17
E) 25 va 14

3. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 32 sm ga teng. Qo‘shni tomonlarning ayirmasi 2 sm ga teng. To‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlarini toping.
A) 3 sm, 4 sm
B) 4 sm, 5 sm
C) 7 sm, 9 sm
D) 5 sm, 11 sm
E) 12 sm, 6 sm

4. Agar ikki sondan birinchisining ikkilanganidan ikkinchi sonning ayirmasi 7 ga teng, birinchi sondan ikkinchi son ikkilanganining ayirmasi 8 ga teng bo‘lsa, shu sonlarni toping.
A) 8 va –2
B) 6 va –4
C) 4 va –6
D) 2 va –3
E) 3 va –2

5. Ikki ishchi birgalikda 1020 ta detal tayyorladi. Birinchi ishchi 15 kun, ikkinchisi esa 14 kun ishladi. Agar birinchi ishchi 3 kunda ikkinchi ishchi 2 kunda tayyorlaganidan 60 ta ko‘p detal tayyorlagan bo‘lsa, har bir ishchi bir kunda nechta detal tayyorlagan?
A) 75 ta detal, 15 ta detal
B) 80 ta detal, 20 ta detal
C) 35 ta detal, 35 ta detal
D) 25 ta detal, 45 ta detal
E) 40 ta detal, 30 ta detal