47.       x ning y = 2x2 – 5x + 3 kvadrat funksiya: 1) 0 ga; 2) 1 ga; 3) 10 ga; 4) –1 ga teng qiymatlar qabul qiladigan qiymatini toping.

 

48.              Funksiyalar grafiklarining kesishish nuqtalari koordinatalarini toping:

1) y = x2 – 4  va  y = 2x – 4;                          2) y = x2  va  y = 2x – 4;

3) y = x2 –2x – 4  va  y = 2x2 + 3x + 1;          4) y = x2 + x + 2  va  y = (x + 3)(x – 4).

 

49.              Tengsizlikni yeching:

1) x2 ≤ 5;                    2) x2 > 36.

 

50.              Parabolaning koordinata o`qlari bilan kesishish nuqtalari koordinatalarini toping:

1) y = x2 + x + 12;                                         2) y = x2 + 3x + 10;

3) y = –8x2 – 2x + 1;                                     4) y = 7x2 + 4x + 11;

5) y = 5x2 + x – 1;                                         6) y = 5x2 + 3x – 2;

7) y = 4x2 – 11x + 6;                                     2) y = 3x2 + 13x – 10.

 

51.              Parabola uchining koordinatalarini toping:

1) y = x2 – 4x – 5;                                         2) y = x2 – 2x + 3;

3) y = x2 – 6x + 10;                                       4) y = x2 + x + ;

5) y = –2x(x + 2);                                          6) y = (x – 2)(x + 3).

 

52.              Funksiyaning grafigini yasang va grafik bo`yicha uning xossalarini aniqlang:

1) y = x2 – 5 x + 6;                                        2) y = x2 + 10x + 30;

3) y = x2 – 6x – 8;                                       4) y = 2x2 – 5x +2;

5) y = –3x2 – 3x + 1;                                     6) y = –2x2 – 3x – 3.

  

 

 

  

53.              Funksiya grafigini yasamasdan, uning eng  katta yoki eng kichik qiymatini toping:

1) y = x2 + 2x + 3;                                         2) y = x2 + 2x + 3;

3) y = –3x2 + 7x;                                           4) y = 3x2 + 4x + 5.

 

54.              To`g`ri to`rtburchakning perimetri 600 m. to`g`ri to`rtburchakning yuzi eng katta bo`lishi uchun uning asosi bilan balandligi qanday bo`lishi kerak?

 

55.              To`g`ri to`rtburchak uning tomonlaridan biriga parallel bo`lgan ikkita kesma bilan uch bo`lakka bo`lingan. To`g`ri to`rtburchak perimetri bilan shu kesma uzunliklarining yig`indisi 1600m ga teng. Agar to`g`ri to`rtburchakning yuzi eng katta bo`lsa, uning tomonlarini toping.

 

56.              Agar y = x2 + px + q kvadrat funksiya:

1) x = 0 bo`lganda 2 ga teng qiymatni, x = 1 bo`lganda 3 ga teng qiymatni qabul qilsa, p va q koeffitsiyentlarni toping.

2) x = 0 bo`lganda 0 ga teng qiymatni, x = 2 bo`lganda 6 ga teng qiymatni qabul qilsa, p va q koeffitsiyentlarni toping.

 

57.              Agar y = x2 + px + q parabola:

1) abssissalar o`qini x = 2 va x = 3 nuqtalarda kessa;

2) abssissalar o`qini x = 1 nuqtada  va ordinata o`qini x = 3 nuqtada kessa;

3) abssissalar o`qiga x = 2 nuqtada urinsa, p va q larni toping.

 

58.              x ning qanday qiymatlarida funksiyalar teng qiymatlar qabul qiladi:

1) y = x2 + 3x + 2  va  y = |7 – x|;

2) y = 3x2 – 6x + 3  va  y = |3x – 3|?

 

59.              Agar:

1) parabolaning (0; 0), (2; 0), (3; 3) koordinatali nuqtalardan o`tishi;

2) (1; 3) nuqta parabolaning uchi bo`lishi, (–1; 7) nuqta esa parabolaga tegishli bo`lishi;

3) y = ax2 + bx + c funksiyaning nollari x1 = 1 va x2 = 3 sonlari ekani, funksiyaning eng katta qiymati esa 2 ga teng ekani ma’lum bo`lsa, y = ax2 + bx + c parabolani yasang.