Siz bosh oyna (Mundarija)dasiz. Bu oyna gorizontal va vertikal menyulardan tashkil topgan. Bu menyular buyruqlarining tavsiflari quyidagicha:

 

Gorizontal menyu buyruqlari.

 

 

Dasturlar- darslikda uchraydigan misollarni foydalanuvchilarga ko`rgazmali ravishda ishlab beruvchi darturlar majmuasini ishga tushirish.

DTS- 9 -sinf uchun “Algebra” dan Davlat ta’lim standarti haqida ma’lumot olish.

Mualliflar- dastur mualliflari haqida ma’lumot olish.

Yordam- dasturdan foydalanish bo`yicha ma’lumot olish.

Chiqish- dastur ishini tugatish.

 

 

Vertikal menyu buyruqlari:

 

Takrorlash - 7-8-sinflarda o`rganilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash uchun misol va masalalar  berilgan oynaga o`tish. Bu oyna gorizontal menyu, <oynani kattalshtrish tugmasi>, va ma`lumotlar oynasidan iborat.

Gorizontal menyu Mundarija (bosh oyna yani mundarijaga qaytish uchun) va Yordam (foydalanuvchiga tegishli ko`rsatmalar berish uchun) buyruqlaridan iborat. <oynani kattalshtrish tugmasi> bu tugma malumotlar oynasini kattalashtirish va kichraytirish imkonini beradi.

 

I bob. KVADRAT FUNKSIYA- I bob mavzulari ro`yhati berilgan menyuni chiqarish. Bunda buyruq tanlanganda bosh oyna (Mundarija) ning o`ng tomonida I bobga doir mavzular, bobga doir mashqlar va testlar menyusi chiqadi.

II bob. KVADRAT TENGSIZLIKLAR- II bob mavzulari ro`yhati berilgan menyuni chiqarish. Bunda buyruq tanlanganda bosh oyna (Mundarija) ning o`ng tomonida II bobga doir mavzular, bobga doir mashqlar va testlar menyusi chiqadi.

III bob. RATSIONAL KO`RSATKICHLI DARAJA- III bob mavzulari ro`yhati berilgan menyuni chiqarish. Bunda buyruq tanlanganda bosh oyna (Mundarija) ning o`ng tomonida III bobga doir mavzular, bobga doir mashqlar va testlar menyusi chiqadi.

IV bob. DARAJALI FUNKSIYA - IV bob mavzulari ro`yhati berilgan menyuni chiqarish. Bunda buyruq tanlanganda bosh oyna (Mundarija) ning o`ng tomonida IV bobga doir mavzular, bobga doir mashqlar va testlar menyusi chiqadi.

V bob. TRIGONOMETRIYA ELEMENTLARI- V bob mavzulari ro`yhati berilgan menyuni chiqarish. Bunda buyruq tanlanganda bosh oyna (Mundarija) ning o`ng tomonida V bobga doir mavzular, bobga doir mashqlar va testlar menyusi chiqadi.

VI bob. PROGRESSIYALAR- VI bob mavzulari ro`yhati berilgan menyuni chiqarish. Bunda buyruq tanlanganda bosh oyna (Mundarija) ning o`ng tomonida VI bobga doir mavzular, bobga doir mashqlar va testlar menyusi chiqadi.

 

9-sinf “algebra” kursini takrorlash uchun mashqlar- 9-sinf algebra kursida o`rganilgan bilimlarni sinashga mo`ljallangan mashqlar majmui berilgan oynaga o`tish. Bu oyna gorizontal menyu, <oynani kattalshtrish tugmasi>, va ma`lumotlar oynasidan iborat.

                Gorizontal menyu Mundarija (bosh oyna yani mundarijaga qaytish uchun), Dasturlar (foydalanuvchiga misollarni ko`rgazmali ravishda ishlashga yordam beruvchi dasturlar majmuasiga o`tish) va Yordam (foydalanuvchiga tegishli ko`rsatmalar berish uchun) buyruqlaridan iborat. <oynani kattalshtrish>bu tugma malumotlar oynasini kattalashtirish va kichraytirish imkonini beradi.

 

 

Ya’ni <oynani kattalshtrish> tugmasi bosilganda, ekran quyidagi ko’rinishga keladi.

 

 

9-sinf algebra kursining qisqacha mazmuni- 9-sinfda o`rganilgan asosiy tushunchalar haqida malumot beruvchi oynaga o`tish. Bu oyna gorizontal menyu, <oynani kattalshtrish tugmasi>, va ma`lumotlar oynasidan iborat.

 

 

Mavzularni tanlash va ularda ishlash.

Dasturda foydalanuvchi mavzuni tanlashi uchun dastlab kerakli bob tanlanadi. Buning uchun bob ustiga sichqoncha tugmasi bosilsa natijada oynaning o`ng qismida shu bobning mavzulari, bobga doir mashqlar va testlar menyusi hosil bo`ladi.

 

Bu menyudan kerakli mavzu tanlansa shu mavzu bo`yicha nazariy malumotlar, mashqlar, sinov mashqlari (testlar) keltirilgan oynaga o`tish mumkin.

Biz hozir mavzu tanlashni Kvadrat funksiyaning tarifi mavzusi misolida ko`rib chiqamiz.

Bosh oyna(Mundarija)ning vertikal menyusidan I bob. KVADRAT FUNKSIYA - buyrug`i  tanlanadi. Natijada oynaning o`ng qismida shu bobning mavzulari, bobga doir mashqlar va testlar menyusi hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan menyudan 1-§. Kvadrat funksiyaning ta’rifi- buyrug`i tanlanadi. Natijada rasmdagi oyna hosil bo`ladi.