Umumta'lim maktablari uchun Matematika dasturi bo'yicha
o'qitishning elektron vositalari

Hush kelibsiz! Yangiliklar sahifasi!

Ushbu sahifada umumta'lim maktablari uchun matematika dasturi bo'yicha o'qitiladigan fanlardan o'qitishning elektron vositalari haqida ma'lumotlar joy olgan. Shuningdek, ushbu saytga umumta'lim maktablari matematika dasturi bo'yicha matematika, algebra va geometriya fanlaridan sinflarga ko'ra maktab darsligi asosida yaratilgan elektron ishlanmalar, elektron o'quv qo'llanmalar, elektron darsliklar, elektron o'quv-uslubiy majmualarni joylashtirish loyihalashtirilgan.

Hozirgi kunda sayt muallifi tomonidan va A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari, talabalari hamda Davlat granti asosida ishlayotgan loyiha ishtirokchilari tomonidan ko'plab o'qitishning elektron vositalari yaratildi. Jumladan, 7-, 8-, 9- sinflar algebra kursi, 7-sinf geometriya kursi bo'yicha elektron o'quv-uslubiy majmular, 5-6 sinflar matematika kursi bo'yicha elektron ishlanmalar va o'quv qo'llanmalar, 4-sinf matematika darsligi bo'yicha elektron o'quv qo'llanma va boshqa sinf fanining biror bo'limlar bo'yicha elektron ishlanmalar yaratilgan. Yangiliklar sahifasini kuzatib boring, ushbu saytga navbatma-navbat elektron ishlanma va elektron o'quv majmualarni joylashtirish rejalashtirilgan. O'z fikr va mulohazalaringizni bildirishingizni kutib qolamiz! davomi...

Elektron o'quv majmua! Yangiliklar sahifasi!

Umumta'lim maktablari 7-sinf algebra kursi darsligi asosida yaratilgan elektron o'quv majmuaning internet versiyasi 2009 yilda internet tarmog'iga joylashtirilgan va hozirga qadar foydalanilib kelinmoqda. Materiallar 2009 yildan www.algebra7.dars.uz domenida edi, 12.10.2015 yildan www.edarslik.uz domenida ishlay boshladi, saytning ko'rinishi yangilandi hamda o'qitishning elektron vositalari "Algebra 7" bo'limiga bog'landi. Shu bo'limni (havolani) tanlash orqali u bilan tanishishingiz mumkin, shuningdek, "Muallif haqida" sahifasi ishga tushdi. davomi...

Xalqaro fan va ta'lim markazi Yangiliklar sahifasi!

Xalqaro fan va ta'lim markazi (Moskva sh.) 27 ilmiy yo'nalish bo'yicha (http://www.internauka.org) masofaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o'tkazadi. Sizlarni (barcha ilmiy izlanuvchi xodimlar, tadqiqotchilar, magistrant va talabalarni) ushbu ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashishga taklif etamiz. davomi...

Yangi - 2016 yilingiz muborak bo'lsin! Yangiliklar sahifasi!

Hurmatli yurtdoshlar Sizlarni kirib kelgan Yangi yil - 2016 yil bilan samimiy muborakbod etaman. Yangi yil Sizlarga baxt-omad, sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, xonadoningizga qut-baraka olib kelsin. Yangi yil oqshomida qilingan barcha ezgu-niyatlaringiz, 2016 yilda amalga oshsin, orzu-umidlaringiz ushalsin! Yangi yilingiz qutlug' bo'lsin! davomi...

Yangi sahifalar ishga tushdi! Yangiliklar sahifasi!

Endilikda web-saytimizning Ilmiy ishlar ro'yxati hamda Patentlar va sertifikatlar bo'limlari ishga tushdi. Ushbu bo'limlar orqali Siz muallifning ilmiy-uslubiy ishlari ro'yxati hamda qo'lga kiritgan patentlar, diplomlar, sertifikatlar, maqtov yorliqlari bilan tanishishingiz mumkin. davomi...