M a sh q l a r

 

560.  P4, P5, P6 sonlarini toping. Ularga qanday ma’no berish mumkin?

 

561. 2, 4, 7, 9 raqamlaridan ularni takrorlamasdan nechta 4 xonali son tuzish mumkin? Ularning nechtasi: 2 ga, 4ga, 11 ga bo‘linadi?

 

562.       Tug‘ilgan kuningizga taklif etilgan 4 ta do‘stingizni 4 ta stulga necha xil usulda o‘tkaza olasiz?

 

563.        sonlarni ikki usulda hisoblang.

 

564.        tengliklarning to‘g‘riligini bevosita hisoblab ko‘rsating.

 

565.       Kutubxonachi Sizga 5 ta turli kitobni o‘qishni taklif qildi. Siz shulardan 3 tasini tanlab olmoqchisiz. Buni necha xil usulda amalga oshirish mumkin?

 

566.       Ikkita parallel to‘g‘ri chiziq berilgan bo‘lib, ularning bittasida 5 ta, ikkinchisida 3 ta nuqta belgilangan. Uchlari shu nuqtalarda bo‘lgan nechta uchburchak mavjud?

 

567.       A dan B ga olib boruvchi eng qisqa yo‘llarni har bir shakl uchun alohida-alohida chizing (27- rasm)

 

568.       Taqsimchada 8 ta yong‘oq bor edi. Abbos ixtiyoriy 3 tasini olmoqchi bo‘ldi. Buni u necha xil usulda amalga oshirishi mumkin?

 

569.       Zalda 2 ta bo‘sh joy bor. 3 nafar kishidan 2 tasini shu joyga necha xil usulda o‘tqazish mumkin?

 

570.       Zilola 6 ta masaladan ixtiyoriy 4 tasini tanlamoqchi. Na- zokat esa 6 ta boshqa masaladan 2 tasini tanlamoqchi. Zilola bu ishni necha xil usulda bajarishi mumkin? Nazokat-chi?

 

571.       7 ta olma va 3 ta nok bor. Ularni necha xil usul bilan har birida 5 tadan meva bo‘lgan va ulardan hech bo‘lmaganda 1 tasida nok bo‘lgan ikkita taqsimchaga qo‘yish mumkin?

 

572.       Idishda 1, 2, 3, ..., 10 sonlari yozilgan sharlar bor. Idishdan uchta shar olamiz. Nechta holda ularda yozilgan sonlar yig‘indisi 9 ga teng bo‘ladi? Nechta holda 9 dan katta bo‘ladi?

 

573.       3 ta tovuq, 4 ta o‘rdak va 2 ta g‘oz bor. Bir nechta parrandani shunday tanlab olingki, ular ichida tovuq, o‘rdak va g‘oz bo‘lsin. Shunday tanlashlar soni nechta bo‘ladi?

 

574.       4 ta oq atirgul, 5 ta qizil va 3 ta sariq atirgul bor. Bir nechta gulni shunday tanlab olingki, ular ichida oq, qizil va sariq atirgul bo‘lsin. Shunday tanlashlar soni nechta?

 

575.       1, 2, 3, ..., 8 raqamlaridan ularni takrorlamay tuzilgan 8 xonali sonlar ichida 1 va 8 raqamlari yonma-yon turadiganlari nechta?

 

576.       Gul sotuvchida 5 ta qizil va 10 ta oq chinnigul qolibdi. A’zamxon singlisi Mubinabonuga 2 ta qizil va 3 ta oq chinniguldan iborat guldasta sovg‘a qilmoqchi. Buni u necha xil usul bilan amalga oshirishi mumkin?

 

577.       Tadbirkor 8 ta gazetadan 5 tasiga o‘z firmasi haqida e’lon bermoqchi. U 5 ta gazetani necha xil usulda tanlashi mumkin?

 

578.       Aylanada yotuvchi 20 ta turli nuqta belgilandi. Uchlari belgilangan nuqtalarda yotuvchi: 1) vatarlar sonini; 2) uchburchaklar sonini; 3) qavariq to‘rtburchaklar sonini hisoblang.

 

579.       Ikkita parallel chiziqning birida 8 ta, ikkinchisida 11 ta nuqta belgilandi. Uchlari belgilangan nuqtalarda bo‘lgan qavariq to‘rtburchaklar sonini toping.

 

580.       Tepalikdagi buloqqa 6 ta yo‘l olib boradi. Sayyoh necha xil usulda buloqqa borishi va pastga tushishi mumkin? Agar sayyoh buloqqa borgan yo‘lidan emas, boshqa yo‘ldan pastga tushsa, u holda tepalikka chiqish va undan tushish jami necha xil usulda bo‘lishi mumkin?