QIZIQARLI   MASALALAR

 

 

1. Faqat 4 ta 9 va arifmetik amal belgilari yordamida qiymati 100 ga teng bo‘lgan sonli ifoda tuzing.

 

2. Shu rasmda nechta kvadrat va to‘g’ri to‘rtburchak bor?

 

 

 

 

 

 

 


3.  – Buvijon, nabirangiz necha yoshda?

     – Mening yoshim nechada bo‘lsa, nabiram shuncha oylik.

     – Buvijon, sizning yoshingiz nechada?

     – Nabiram yoshi bilan mening yoshimni qo‘shsang, 65 chiqadi. Nabiramning yoshini endi o‘zing topa qol.

 

4. Xodani 3 bo‘lakka arralash uchun 12 minut kerak. Shu xodani 4 bo‘lakka arralash uchun necha minut kerak bo‘ladi?

 

5. Sonning o‘nli yozuvidagi oxirgi raqam nechaga teng:

       1) 846847;    2) 19871987;           3) 19981998;           4) 20052005 ?

 

6. Yangi “Matiz” avtomobilining egasi yurib turgan va zahiradagi g’ildiraklarni rasmda ko’rsatilgan tartibda almashtirib turdi. 30000 km yo‘l yurilgach, “Matiz” egasi hamma g‘ildiraklar bir xil yedirilganini sezib qoldi. Har bir g‘ildirak necha kilometr yo‘l bosgan?

 

7.

 

8.  1) Oiladagi 6 ta qizning har birining akasi bor. Shu oilada nechta farzand bor?

     2) Muhammadjonning akalari qancha bo‘lsa, opalari ham shuncha. Katta opasining ukalari soni singillari sonidan 2 marta ko‘p. shu oilada nechta o‘g‘il, nechta qiz bor?

 

9. Bir qurt yerdan daraxtning uchiga chiqmoqchi bo‘libdi. Daraxt bo‘ylab kechasi u 2 m balandlikka chiqqach, kunduzi esa 1 m pastga tushar ekan. 9- kechada u daraxtning uchiga chiqib olibdi. Daraxtning balandligi necha metr ekan?

 

10. n sonning raqamlari yig‘indisi 2006 ga teng. n sonni ikkita o‘zaro teng sonlar ko‘paytmasi ko‘rinishida tasvirlash mumkinmi?

 

 

Qiziqarli masalalarning javoblari: