5 – 6-SINFLARDA
O‘RGANILGAN MAVZULARNI TAKRORLASH
Aziz o‘quvchi! Siz 5—6- sinflarda natural sonlar, oddiy va o‘nli kasrlar, ratsional sonlar ustida to‘rt
amalga doir misol va masalalami
yechgansiz. 5—6- sinflarda
matematikadan olgan bilimlaringizni yodga solish maqsadida Sizga bir nechta
mashqlar taklif etamiz.
1. „Xalq bilan muloqot
va inson manfaatlari“ yilida
qurilgan zamonaviy uylar shahrimizga yanada ko‘rk bag‘ishladi.
Yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan
birining xonadonlari 1, 2,
3, ..., 99, 100 sonlari bilan nomerlangan. Raqamlari yig‘indisi o‘zaro teng bo‘lgan xonadonlar nechtadan? Natijalarni jadvalda va
diagrammada aks ettiring.
2. Bir fermadagi sigirlar soni 2- fermadagiga qaraganda 12% kam. Ammo 1- fermaning har bir
sigiri 2- fermaning har bir sigiriga
qaraganda 7,5 % ko‘p sut beradi.
Qaysi ferma va necha
foiz ko‘p sut oladi?
3. 300
kg g‘alla ma’lum muddat quritilgach, uning massasi 20 kg ga kamaydi, namligi
esa 10 % ni
tashkil qildi. Dastlab g‘allaning namligi necha foiz edi?
4. Tenglamani yeching:
1) 5x+48:4=20:10+2·10;
2) 7x+32:2=(72+18):3;
3) ;
4) .
5. Ahmad velosipedda soatiga 10,8 km tezlik bilan
1 soat-u 15 minut yo‘l yurdi. So‘ngra soatiga 12,8 km tezlik bilan 2,5 soat yo‘l yurdi.
Ahmad jami necha kilometr yo'l yurgan?
6. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 8 sm ga teng. Eni
bo‘yidan 1,5 sm qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping.
7. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 20,25 dm2 ga,
eni 3,24 dm ga teng. Shu to‘g‘ri
to‘rtburchakning perimetrini toping.
8. Avtomobil
360 km yo‘lga qancha benzin sarflaydi?
9. Sayyoh yo‘lning qismini o‘tdi. Hisoblab
ko‘rsa, yo‘lning yarmiga yetishi uchun yana
10. Bir avtomobil
11. 1) Matoning narxi
20 % pasaytirildi. Ma’lum vaqtdan so‘ng, yangi narx ham 25 % pasaytirildi.
Matoning narxi jami necha protsent kamaygan?
2)
Gazlamaning narxi 20 % ortdi. Ma’lum vaqtdan so‘ng, yangi narx ham 25 % ortdi. Gazlamaning narxi jami necha
protsent ortdi?
12. Bug‘doyning
namligi 23 % edi.
U quritilgach, namligi
12 % ga tushdi. Bug‘doyning massasi necha foizga
kamaydi?
13. Tadbirkor 1- va
2- nav mollarni sotib, jami 5400 so‘m foyda qildi.
1- nav
molning narxi 12000 so‘m edi, tadbirkor
uni 15 % foydasiga sotdi. 2- nav
moldan 20 % foyda ko‘rdi. 2- nav molning
narxi necha so‘m? Ikkala nav
molni sotib, tadbirkor necha protsent foyda ko‘rgan?
14. To‘g‘ri to‘rtburchak asosining uzunligi 20 %, balandligi 25 % orttirilsa, uning yuzi necha protsent ortadi?
15. To‘g‘ri to‘rtburchak asosining uzunligi 10 %, balandligi 20 % kamaytirilsa, uning yuzi necha protsent
kamayadi?
16.
Amallarni bajaring:
1)
(–120):((–8)·(–3)+12:(–3))–(–48):(–16);
2)
(–75)·4–204:(–3)+(–210):(–7);
3)
(–20,25):(–3,6)+90,72:(–4,5)–7,5·3,2;
4)
.
17. Tenglamani yeching:
1)
3x+2x=17+(–27); 3)
1,3x–3,5x=11(–0,5);
2)
6x–7x=3,5(–l)+4; 4)
4x–2õ = 3
:(–2).
18.
5 ta sonning o‘rta arifmetigi
18,4 ga teng.
Bu sonlarga yana
bitta son qo‘shib, o‘rta arifmetik qiymat hisoblangan edi, u 20 ga teng
chiqdi. Qo‘shilgan sonni toping.
19.
Karim ota
90 yoshda. Uning nabiralarining o‘rtacha yoshi 20 da. Nabiralar yoshlariga Karim ota yoshini ham qo‘shib, o‘rta
arifmetik qiymat hisoblangan edi, u 22 ga teng chiqdi.
Karim otaning nechta nabirasi bor?
20.
Avtomobil
72 km/soat tezlik bilan 3,5 soat,
60 km/soat tezlik bilan 2,5 soat yurdi. Avtomobil jami necha
kilometr yo‘l yurgan?
Bu masofani u qanday
o‘rtacha tezlikda bosib o‘tdi?
21.
Proporsiyaning noma’lum hadini toping:
1)
3,5:x= 2,4:4,8; 3) 7,2:2,4=x:4;
2) x:2=9,2:2,3; 4) 4
:2
=3,2: õ.