TARIXIY   MASALALAR

 

1. Al-Xorazmiy masalasi. Sondan uning uchdan biri va to‘rtdan biri ayirilsa, 8 qoladi. Sonning o‘zini toping.

 

2. Al-Xorazmiy masalasi. Sen o‘nni ikki qismga ajratding, keyin ulardan birini boshqasiga bo‘lding, bo‘linmada to‘rt chiqdi. Sen o‘nni qanday qismlarga ajratding?

 

3. Geron masalasi (eramizning I asri). Hovuzga ikkita quvurdan suv keladi. Birinchi quvurdan 1 soatda 1 m3, ikkinchi quvurdan 1 soatda 4 m3 suv tushadi. Hovuzning hajmi 12 m3. Ikkala quvur baravar ochib qo‘yilsa, bo‘sh hovuz qancha vaqtda to‘ladi?

 

4. Nyuton masalasi. Oralaridagi masofa 59 mil bo‘lgan ikki qishloqdan A va  kishilar bir-biriga qarab yo‘lga chiqdi.  kishi A ga qaraganda 1 soat kech yo‘lga chiqdi. A kishi 2 soatda 7 mil,  esa 3 soatda 8 mil bosadi. A kishi  bilan uchrashguncha necha mil yo‘l yuradi? (Mil uzunlik o‘lchov birliklaridan bo‘lib, 1 mil = 1,852 km.)