Abu  Rayhon  Beruniy

         

Beruniy Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (4.10.973–13.12.1048) – buyuk ozbek qomuschi olimi. Beruniyning bilim doirasi, uning ilmiy merosi mazmunan rang-barangdir. Beruniy ijodi 152 kitob va risoladan iborat bolib, kopchiligi oz zamonasida oziga xos bir qomus bolgan. U 990 yillarda Kot shahrida muhim astranomik kuzatishlar olib boorish uchun astronomic asboblar ixtiro qilgan. Kopgina olimlar bilan yaqindan aloqada bolgan. Masalan, Abu Ali ibn Sino bilan xat orqali fan sohasida qiziqarli munozaralar olib borgan. Bu yozishmalarda fazo, issiqlikning tarqalishi, jismning issiqlikdan kengayishi va sovuqlikdan torayishi, nurning aks etishi va sinishi, umuman akustika, elektr, magnetizm kabi muhim masalalar boyicha ozaro fikr yuritganlar. Beruniy aylanaga ichki chizilgan muntazam toqqiz burchak tomonini hisoblash formulasini chiqarishda x3=1–3x korinishdagi tenglamalarga duch kelgan va ularni yechgan.

Beruniy yoritgichlar harakatini geometric bilimlarga tayanib izohlagan. Olamning tuzilishini tushuntiradigan geometric va geliosentrik nazariyalar teng kuchli ekanligini korsatgan. Uning ishlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi,trigonometriya va boshqa fanlarga doir bilimlar malum tartibda sistemalashtirgan. Ulardagi matematik tushunchalarga tarif berilgan va mazmuni yoritilgan. Beruniy biror sohani organar ekan, unga ijodiy yondashib, uni atroflicha bayon qilgan. Masalan, arifmetikadagi uchlik qoidani organib, besh, yeti va undan ortiq miqdorlarning ozaro bogliqligini hisobga olib (uchlik qoidasidek) umumlashgan qoida chiqargan. “ning bir necha onli raqamlargacha aniqlikdagi sonli qiymatini hisoblab chiqargan.