VII
SINF ALGEBRA KURSINING
QISQACHA MAZMUNI
1.
Algebraik ifodalar
Sonli
ifoda – sonlardan tuzilib,
amallar belgilari bilan birlashtirilgan yozuv.
Masalan,
1,2·(–3)– 9:0,5 – sonli ifoda.
Algebrada
harflardan har xil sonlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Masalan, agar 2(n+m) tomonlari
n va m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri bo‘lsa, u holda n va
m harflari
o‘rnida istalgan musbat sonlar tushuniladi.
Algebraik ifoda – bu sonlar va harflardan tuzilib, amallar belgilari bilan
birlashtirilgan ifodalar.
Algebraik ifodalarga misollar:
2(m+ï); 3a+2ab–1; (a–b)2; .
Algebraik ifodaning son qiymati – berilgan ifodadagi harflarni sonlar bilan almashtirilgandan keyin hisoblash natijasida hosil bo‘lgan son.
Masalan, 3à+2ab–1 ifodaning son qiymati
a=2
va b=3 bo‘lganda 3·2+2·2·3–1=17 ga teng bo‘ladi.
a sonning n natural ko‘rsatkichli
darajasi – bu har biri
a ga
teng bo‘lgan
n ta ko‘paytuvchi ko‘paytmasidir, ya’ni
.
Masalan,
.
an darajaning yozuvida
a soni
– daraja asosi, n son – daraja ko‘rsatkichi.
Masalan,
22
yozuvida 2 soni - darajaning asosi,
3 soni – daraja ko‘rsatkichi.
Sonning birinchi
darajasi sonning o‘zidir:
a1=a.
Masalan,
31
= 3, (
)1 =
.
Sonning kvadrati – bu shu sonning
2 ko‘rsatkichli darajasidir.
Masalan, 52 –bu
5 sonining kvadrati.
Sonning kubi – shu sonning
3 ko‘rsatkichli darajasidir.
Masalan,
43 – bu
4 sonining kubidir.
Darajaning asosiy xossalari.
1) Bir
xil asosli darajalarni ko‘paytirishda asos
o‘zgarishsiz qoladi, daraja ko‘rsatkichlar esa qo‘shiladi:
a n
· a m
= a n + m.
2) Bir
xil asosli darajalarni bo‘lishda asos o‘zgarishsiz
qoladi, daraja ko‘rsatkichlar esa ayiriladi:
an :
am = a n
– m .
3) Darajani
darajaga ko‘tarishda asos o‘zgarishsiz qoladi, daraja
ko‘rsatkichlar esa o‘zaro ko‘paytiriladi:
( an
)m = a nm .
4)
Ko‘paytmani darajaga ko‘tarishda har bir ko‘paytuvchi
shu darajaga ko‘tariladi:
(a· b)n= an · bn.
5) Kasrni
darajaga ko‘tarishda uning
surat va maxraji shu darajaga ko‘tariladi:
()
n =
.
Amallarni bajarish tartibi.
Birinchi bosqich
amallar - qo‘shish va ayirish.
lkkinchi bosqich amallar -
ko‘paytirish va bo‘lish.
Uchinchi bosqich
amallar - darajaga ko‘tarish.
1)
Agar ifoda qavslami o‘z ichiga olmagan bo‘lsa, u holda
avval uchinchi bosqich amallar, so‘ngra ikkinchi bosqich amallar va nihoyat,
birinchi bosqich amallar bajariladi; bunda bir xil bosqich amallar ular qanday
tartibda yozilgan bolsa, xuddi shunday tartibda bajariladi.
2)
Agar ifoda
qavslami o‘z ichiga olgan bo‘lsa, u holda avval
qavslar ichidagi sonlar ustidagi barcha amallar, keyin esa qolgan barcha
amallar bajariladi: bunda qavs ichidagi sonlar ustidagi amallarni va qavsdan
tashqaridagi amallarni 1- bandda ko‘rsatilgan tartibda olib boriladi.
3)
Agar kasr
ifodaning qiymati hisoblanayotgan bo‘lsa, u holda
kasrning suratidagii amallar va maxrajidagi amallar bajariladi va birinchi
natija ikkinchisiga bo‘linadi.
4)
Agar ifoda boshqa qavslar ichida joylashgan
qavslami o‘z ichiga olgan bo‘lsa, u holda avval
ichkaridagi qavslar ichidagi amallar bajariladi.
Algebraik yig‘indi – bir necha
algebraik ifodalardan tuzilib, «+» yoki «-» ishoralari bilan birlashtirilgan
yozuvlardir.
Qavslami ochish qoidalari.
1) Agar
algebraik ifodaga qavs ichida turgan algebraik yig‘indi qo‘shilgan bo‘lsa, u holda shu algebraik yig‘indining har bir
qo‘shiluvchisi oldida turgan ishoralarni saqlagan holda qavslami tushirib
qoldirislrmumkin, masalan:
14 + (7–23 + 21)= 14 +
7–23 + 21.
a + (b–c–d)=a
+ b–c–d.
2) Agar
algebraik ifodadan qavs ichida turgan algebraik ifodani ayiriladigan bo‘lsa, u holda shu algebraik yig‘indining har bir
qo‘shiluvchisi oldida turgan ishoralarni qarama-qarshisiga o‘zgartirilgan holda
qavslami tushirib qoldirish mumkin, masalan:
14–(7–23 + 21)=14–7
+ 23–21.
a – (b – c – d) = a – b + c + d.
2.
Birhadlar va
ko‘phadlar
Birhad – son va harfiy ko‘paytuvchilar ko‘paytmasidan iborat algebraik
ifoda.
Birhadlarga
misollar: 3ab, –2ab2c3, a2, a, 0,6 xy5y2, –t4.
Masalan,
ushbu
3a2·(0,4) ·b(–5)c2
birhadning sonli
ko‘paytuvchilari 3; 0,4; –5, harfiy ko‘paytuvchilari esa
a2, b, c2 bo‘ladi.
Standart shakldagi birhad birinchi o‘rinda
turuvchi faqat bitta sonli ko‘paytuvchidan va turli
harfiy asosli darajalardan tuzilgan birhad.
Birhadni standart
shaklda yozish uchun uning barcha son ko‘paytuvchilarini
o‘zaro ko‘paytirish va ularning ko‘paytmasini birinchi o‘ringa qo‘yish,
so‘ngra barcha bir xil harfiy ko‘paytuvchilarni daraja shaklida yozish kerak.
Birhadning koeffitsienti standart shaklida
yozilgan birhadning sonli ko‘paytuvchisi.
Masalan,
abc2 birhadning koeffitsienti
ga teng, –7a2b birhadning koeffitsienti
–7 ga
teng, a2bc birhadning koeffitsienti
1 ga teng, –ab2
birhadning koeffitsienti –1 ga teng.
Ko‘phad bir nechta
birhadning algebraik yig‘indisi.
Ko‘phadlarga
misollar:
4ab2c – birhad,
2ab–3bc – ikkihad,
4ab+3ac–bc –
uchhad.
Ko‘phadning hadlari ko‘phadni tashkil qiluvchi
birhadlardir.
Masalan,
2àb2–3à2b+7àñ–4bñ ko‘padning
hadlari 2ab2, –3à2b, 7ac, –4bc bo‘ladi.
O‘xshash hadlar – faqat koeffitsientlari bilan farq
qiluvchi birhadlar yoki bir xil birhadlar.
O‘xshash hadlarni ixchamlash ko‘phadni
soddalashtirish bo‘lib, bunda o‘xshash birhadlarning
yig‘indisini bitta birhad bilan al-mashtiriladi.
Masalan,
2ab–4bc + ac+3àb+bc=5ab–3ab+ac.
Ko‘phadning standart shakli – barcha hadlari
standart shaklda yozilgan va ularning orasida o‘xshashlari o‘lmagan ko‘phadning
yozuvi.
Birhadlar va
ko‘phadlar ustida amallar.
1)
Bir nechta ko‘phadlar algebraik yig‘indisini
ko‘phadning standart shaklida yozish uchun qavslarni ochish va o‘xshash
hadlarni ixchamlash kerak,
masalan:
(2a2b–3bc)+
(a2b+5bc)–(3a2b–bc)=2a2b–3bc+a2b+5bc+3a2b+bc=3bc.
2) Ko‘phadni birhadga ko‘paytirish uchun ko‘phadning har bir hadini shu birhadga ko‘paytirish va
hosil bo‘lgan ko‘paytmalarni qo‘shish kerak, masalan:
(2ab–3bc)(4ac)=(2ab)(4ac)+(–3bc)(4ac)=8a2bc–12abc2.
3) Ko‘phadni
ko‘phadga ko‘paytirish uchun birinchi ko‘phad ning har bir hadini ikkinchi ko‘phadning
har bir hadiga ko‘paytirish
va hosil bo‘lgan ko‘paytmalarni qo‘shish kerak, masalan:
(5a –2b)(3à + 4b) = (5a)
(3à) + (5a) (4b)
+ (–2b)(3a)+(–2b)(4b)=15a2+14ab–8b2.
4) Ko‘phadni
birhadga bo‘lish uchun ko‘phadning har bir hadini shu birhadga bo‘lish va hosil
bo‘lgan natijalarni qo‘shish kerak,
masalan:
(4a2b2–12a2b2): (2ab)=(4a2b2):(2ab)+(–12a2b3):(2ab)=2a2b–6ab2.
3.
Birinchi darajali
bir noma’lumli tenglama
Tenglama harf bilan belgilangan noma’lum son qatnashgan tenglik.
Tenglamaga misol:
2x+3=Çx+2, bu yerda
x -
topilishi kerak bo‘lgan noma’lum son.
Tenglamaning ildizi - noma’lumning
tenglamani to‘g‘ri tenglikka aylantiradigan qiymati.
Masalan,
3 soni x+l=7–x tenglamaning ildizi bo‘ladi, chunki
3+1=7–3.
Tenglamani yechish uning barcha
ildizlarini topish yoki ularning yo‘qligini aniqlash demakdir.
Tenglamaning asosiy xossalari:
1.
Tenglamaning istagan hadini uning bir qismidan
ikkinchi qismiga ishorasini qarama-qarshisiga o‘zgartirib olib o‘tish mumkin.
2.
Tenglamaning
ikkala qismini nolga teng bo‘lmagan bir xil songa
ko‘paytirish yoki bo‘lish mumkin.
4. Qisqa ko‘paytirish formulalari
(a+b)2 = a2
+ 2 ab + b2, a3
+ b3= (a +
b)(a2– ab +
b2),
(a–b)2=a2–2
ab+ b2, a3
– b3=(a–b)(a2+ ab+ b2),
a2 – b2 =(a+b)(a–b).
5. Ko‘phadni ko‘paytuvchilarga ajratish
Ko‘phadni ko‘paytuvchilarga ajratish - ko‘phadni ikki
yoki undan ortiq ko‘phadlar ko‘paytmasi shaklida ifodalashdir, masalan:
4x2 – 9y2
= (2x + 3y)(2x–3y).
Ko‘phadni ko‘paytuvchilarga ajratishda quyidagi usullardan
foydalaniladi:
1) Umumiy
ko‘paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish, masalan:
3ax + 6ay
= 3a(x + 2y).
2) Guruhlashu suli, masalan:
a3–2a2–2a+4=(a3–2a2)–(2a–4)=a2(a–2)–2(a–2)=(a–2)=(a–2)(a2–2)
yoki
a2–2a2–2a
+4 =(a3–2a)–(2a2–
4)= a(a2–2)–2(a2–2)=(a2–2)(a–2).
3) Qisqa
ko‘paytirish formulalarini qo‘llash, masalan:
1) 9x2–y2=(3x+
)(3x–
);
2) 27x3 + 8y6=
(3x + 2y2 )(9x2–6xy2+9y4);
3)
z2 –14z + 49 = (z–7)2.
6. Algebraik kasrlar
Algebraik kasr
– .
Algebraik
kasr yozuvida harflar faqat shu kasrning maxraji nolga teng bolmaydigan
qiymatlarni qabul qilishi mumkin, deb faraz qilinadi.
Kasrlarning asosiy x î ss a si: kasrning
Masalan:
.
Kasrning
asosiy xossasidan foydalanib, algebraik kasrning
Masalan: .
Algebraik
kasrlarni qo‘shish va ayirish sonli kasrlar uchun qo‘llaniladigan qoidalar bo‘yicha olib boriladi.
Ikki
yoki bir necha kasrlarning algebraik yig‘indisini topish uchun bu kasrlar
umumiy maxrajga keltiriladi va bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shish qoidalaridan
foydalaniladi.
Masalan, va
kasrlarning umumiy maxraji
a2b2
ga teng, shuning uchun
.
Algebraik kasrlarni
ko‘paytirish va bo‘lish sonli kasrlar uchun
qollaniladigan qoidalar bo‘yicha olib boriladi, masalan:
.
VIII SINF
ALGEBRA KURSI
7. Chiziqli funksiya va uning grafigi
Agar x ning
biror sonlar to‘plamidagi har bir qiymatiga biror qoida bo‘yicha
yson mos qo‘yilsa, u holda shu
to‘plamda funksiya aniqlangan
deb aytiladi.
Bunda
x erkli o‘zgaruvchi, y(x) esa erksiz o‘zgaruvchi yoki funksiya deyiladi.
Chiziqli funksiya
y = kx + b
ko‘rinishdagi funksiyadir, bu
yerda k va
b – berilgan sonlar.
Funksiyani ko‘rsatmali tasvirlash uchun uning to‘g‘ri burchakli
koordinatalar sistemasidagi grafigidan foydalaniladi.
Tekislikda to‘g‘ri burchakli
koordinatalar sistemasi – tanlangan yo‘nalishlar va uzunlik birligiga
ega bo‘lgan ikkita o‘zaro perpendikulyar to‘g‘ri chiziq.
Bu to‘g‘ri
chiziqlarni koordinata o‘qlari
deyiladi: gorizontal tasvirlangan to‘g‘ri chiziq –
abssissalar
o‘qi, vertikal tasvirlangan to‘g‘
Koordinata o‘qlarining kesishish nuqtasi koordinatalar boshi deyiladi. Koordinatalar
boshini Î harfi bilan, abssissalar o‘qini Ox harfi bilan,
ordinatalar o‘qini Oy bilan belgilanadi.
Koordinata tekisligi koordinatalar sistemasi tanlangan
tekislikdir.
y(x)
funksiyaning
grafigi koordinata
tekisligining (x; y(x))
koor-dinatali barcha nuqtalari to‘plamidir.
Masalan, y(x)=2x+1 funksiyaning
grafigi koordinata tekisligining (x,
2x+1) koordinatali barcha nuqtalari to‘plamidir.
y=kx+b
chiziqli funksiyaning
grafigi to‘g‘ri chiziqdir. b=0
bolganda funksiya y=kx
ko‘rinishini oladi, uning grafigi koordinatalar boshidan o‘tadi.
8. Birinchi darajali ikki noma’lumli ikki
tenglama sistemasi
Birinchi darajali ikki noma’lumli ikki tenglama
sistemasining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
bu yerda
a1 , b1,
ñ1,
à2,
b2, c2 – berilgan sonlar, x,
ó – noma’lum sonlar.
Sistemaning yechimi – shu sistemaga qo‘yganda
uning har bir tenglamasini to‘g‘ri tenglikka
aylantiruvchi x,
ó sonlar jufti.
sistemaning yechimi
x =1,
y=2 sonlar jufti bo‘ladi.
Sistemani yechish uning barcha yechimlarini
topish yoki ular-ning yo‘qligini ko‘rsatish demakdir.
Tenglamalar
sistemasini yechishda bunday usullar qo‘llaniladi.
l)O‘rniga qo‘yish usuli.
Tenglamalarning
biridan noma’lumlarning birini ikkinchi noma’lum orqali ifodalanadi va uni sistemaning ikkinchi tenglamasiga qo‘yiladi.
2)Algebraik qo‘shish usuli.
Noma’lumlardan
birining oldida turgan koeffitsientlarning mo-dullarini tenglab, sistema
tenglamalarini hadlab qo‘shish va ayirish orqali shu
noma’lum yo‘qotiladi.
3)Grafik usul.
Sistema
tenglamalarning grafiklari yasaladi va ularning
kesishish nuqtasining koordinatalari topiladi.