Al-Koshiy
G‘iyosiddin Jamshid Ibn Ma’sul al-Koshiy
(1385–22.06.1429)
– matematik
va astronom Samarqandda Ulug‘bek
rasadxonasida qozizoda ar-Rumiy bilan ishlagan. Koshon (Eron) shahrida
tug‘ilgan. 1417 yilda Samarqandga keladi va shu yerda yashab ijod qiladi.
Matematikaga oid 3 ta asar yozgan: “Arifmetika kaliti” (Miftoxul-hisob) (1427
yilda yozgan) sodda matematika bo‘yicha olingan natijalar bilan birgalikda ko‘p
muhim kashfiyotlar bayon qilingan. Xususan, sonlarda ixtiyoriy musbat butun
ko‘rsatkichli ildiz chiqarish, ikkihad Nyuton binomini butun musbat darajaga
ko‘tarish, xitoy va arab sharqi olimlariga qaraganda izchilroq o‘nli kasrlar va
ular ustida amallar bajarish qoidalari ishlab chiqilgan. Olim yuqori tartibli
tenglamalarni taqribiy yechish qoidalarini “Vatar va sinus haqida” asarida
bayon etadi. Natural sonlar 4-darajalari yig‘indisini topish qoidasi Koshiy
nomi bilan ataladi.
“Aylana haq risola” (1427 yil) asarida al-Koshiy
P sonining verguli keyingi 17 ta qiymatini topadi (Yevropada bunday natija 1597
yilda qo‘lga kiritilgan), Bunda Arximed usulidan foydalaniladi, aylanaga ichki
chizilgan muntazam 3·1028
tomonlik orqali P soni qiymatini aniqlagan (ya’ni u muntazam 600335168
burchak tomonini xisoblashga to‘g‘ri kelgan). U trigonometrik hisoblashlarni
takomillashtirdi, Osmon jismlarigacha bo‘lgan masofalarni o‘lchash usulini
topdi, sayyoralar harakatini kuzatish uchun mexanik asbob ixtiro qilgan.