Al-Xorazmiy

         

Al-Xorazmiy Abu Abdullo Muhammad ibn Muso (780–850) – buyuk matematik, astronom, geograf. Al-Xorazmiy oz davrida fanning mashaqqatli yollaridan yurib, ilgor ijtimoiy, falsafiy tafakkurga keng yol ochib, matematikaga doir olmas kashfiyotlar yaratdi. Uning yozgan asarlaridan bizgacha ontasi yetib kelgan. Shulardan ikkitasi algebra va arifmetikaga bagishlangan bolib, fan tarixida muhim rol oynagan.

Xorazmiyning XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan Arifmetika” (“Kitob filhisob al hind”) asari yevropaliklarni hind raqamlari, pozitsion onlik sanoq sistemasi bilan tanishtirdi va uning boshqa sanoq sistemalariga nisbatan afzilligini korsatdi. Butun va kasr sonlar ustida amallar bajarish va kvadrat ildiz chiqarish usulini keltirdi. “Kitob al-jabr va almuqobalaasarida matematik bilimlarga tayanib algebraic metod yordamida xojalik, maishiy, huquqiy va savdo sohalariga doir masalalarni birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar yordamida yechish usullarini ritorik tarzda bayon qildi. Unda hayotiy masalalarni geometric va algebraic usullarda yechish va algebraik amallarni bajarish tartibi tahlil qilingan. Xorazmiy matematikaga abstraktlik tushunchasini kiritib, undan amalda keng foydalandi. Induktiv yol bilan masalani umumiy yechimini va undan foydalanib, masalalarni xususiy hollarda yechilishini korsatdi. Ikkinchi darajali tenglamalarni yechishni Yevklid singari geometrik usulda bayon qildi.  x2+a=bx  korinishdagi tenglamalarning ikkita yechimi borligini korsatdi. Algebra kitobida  qiymatini ,  3,1416  va bazan  sonlari bilan ifodaladi.

Al-Xorazmiy ijodi rang-barangdir. U matematikadan tashqariUsturlob” (astronomic asbob), “Quyosh soati”, “Tarix haqida”, “Musiqa haqidakabi asarlar yozdi. Olimlarning kashfiyotlari asrlar osha fanning yangi-yangi sohalari bilan hamohang bolib, ularning rivojlanishiga komaklashib bordi.