11- §.  BIRHAD VA UNING STANDART SHAKLI

 

Turli masalalarni yechishda ko‘pincha ab, abc, 3a2b ko‘rinishdagi algebraik ifodalarga duch kelinadi.  Masalan, o‘lchamlari 5- rasmda  ko‘rsatilgan sovutkichli mashina sig’imi 3abc ga teng.

3abc ifoda birinchi raqam bilan, qolgan uchtasi a, b, c harflari bilan belgilangan to‘rtta ko‘paytuvchining ko‘paytmasidir.

Raqamlar bilan yozilgan ko‘paytuvchilarni sonli ko‘paytuvchilar, harflar bilan belgilangan ko‘paytuvchilarni esa harfiy ko‘paytuvchilar deyiladi. Son va harfiy ko‘paytuvchilar ko‘paytmasidan iborat algebraik ifoda birhad deyiladi.

Masalan,     ushbu ifodalar birhadlardir:

 

Teng ko‘paytuvchilar ko‘paytmasini natural ko‘rsatkichli daraja shaklida yozish mumkin bo‘lganligi uchun sonning darajasi va sonlar darajalarining ko‘paytmasi ham birhadlar deyiladi.

Masalan,     ushbu ifodalar birhadlar bo‘ladi:

Har bir sonni shu son bilan birning ko‘paytmasi shaklida yozish mumkin bo‘lgani uchun   ko‘rinishdagi ifodalar ham birhadlar deb hisoblanadi.

ma s a l a . Birhadning qiymatini hisoblang:

16ac·(0,5)a·(0,25)b,

bunda 

  Harflarning qiymatlarini birhadga qo‘yib, uning qiymatini topamiz, ya’ni yettita sonning ko‘paytmasini hisoblaymiz:

 

Sonlarning birinchisini ikkinchisini, ular qanday yozilgan bo‘lsa, xuddi shu tartibda ko‘paytirish mumkin:

.

 

Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish va guruhlash qonunlarini qo‘llab, hisoblashni qisqacha bajarish ham mumkin:

Endi     bo‘lganda  birhadning qiymatini topamiz:

.

Masalani ikkinchi usul bilan yechishda berilgan birhad ancha soda ko‘rinishda yozilgan edi:  . Bu – birhadning standart shakliga misol.

  Umuman, birinchi o‘rinda turgan faqat bitta son ko‘paytuvchidan va har xil asosli harfiy darajalardan tuzilgan birhadni standart shakldagi birhad deyiladi.

Har qanday birhadni standart shaklda yozish mumkin. Buning uchun barcha son ko‘paytuvchilarni o‘zaro ko‘paytirish va ularning ko‘paytmasini birinchi o‘ringa yozish kerak. So‘ngra bir xil harfiy ko‘paytuvchilar ko‘paytmasini daraja shaklida yozish kerak. Harfiy ko‘paytuvchilar ko‘pincha, shart bo‘lmasa ham, alfavit tartibida joylashtiriladi.

Birhadning standart shaklida bir xil harflar yo‘qligini eslatib o‘tamiz.

Standart shaklda yozilgan birhadning son ko‘paytuvchisini shu birhadning koeffitsiyenti deyiladi.

Masalan, 2a birhadning koeffitsiyenti 2 ga teng;  birhadning koeffitsiyenti  teng,  birhadning koeffitsiyenti (–7) ga teng. Oxirgi holda birhadni qavssiz yozish mumkin:

     (–7)a2b3c= –7a2b3c.

1 ga teng bo‘lgan koeffitsiyentni odatda yozilmaydi, chunki birga ko‘paytirilgan bilan son o‘zgarmaydi.

Masalan,  ,ya’ni abc2 birhadning koeffitsiyenti birga teng.

Agar koeffitsiyent (–1) ga teng bo‘lsa, bu holda ham birni va qavslarni yozmasdan, faqat “–ishorasini qoldirish mumkin. Masalan, (–1)abc= –abc, ya’ni abc birhadning koeffitsiyenti –1 ga teng.

 

TASVIR

 

     TAYANCH   TUSHUNCHALAR:

 sonli ko`paytuvchilar, harfiy ko`paytuvchilar, birhad, birhadning standart shakli, birhadning koeffisiyenti.