3- §. ALGEBRAIK TENGLIKLAR. FORMULALAR
Ko‘pgina amaliy
masalarni yechishda sonlarni belgilash uchun harflardan foydalanish qulaydir.
Masalan, agar a va b to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarining uzunliklari bo‘lsa,
u holda a·b
– uning yuzi; 2·(a+b) – uning perimetri. Bu yerda a va
b harflari
bilan musbat sonlar – to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarining uzunliklari belgilangan. Agar to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini S harfi bilan, perimetrini esa P harfi bilan belgilasak, u holda quyidagi formulalarni hosil qilamiz:
S=a·b, P=2·(a+b).
Agarda tomonlar uzunliklari
santimetrlarda o‘lchangan bo‘lsa, u holda S yuz kvadrat santimetrlarda, P perimeter esa santimetrlarda
ifodalanadi.
Yozuvni qisqartirish uchun ko‘paytirish belgisi “nuqta” ko‘pincha tushirib qoldiriladi. Masalan, S=ab, P=2(a+b) deb yoziladi.
Harflar bilan, shuningdek, tenglamalardagi noma’lum sonlar ham belgilanadi.
Masalan:
x+12,3=95,1
tenglamadagi noma’lum son x harfi bilan belgilangan,
2y+3=7
tenglamadagi noma’lum son esa y harfi bilan belgilangan.
Harflar bilan arifmetik amallar qonunlari va xossalarini
yozish ham qulaydir. Masalan:
Algebrada birgina harfning o‘zi har xil
sonli qiymatlar qabul qilishi mumkin.
Jumladan, (1) va (2) tengliklarda a, b, c – ixtiyoriy
sonlar; (3) tenglikda
esa a, b – istagan sonlar, lekin c≠0, chunki nolga bo‘lish
mumkin emas.
Harflar yordamida juft va toq
natural sonlar formulasini yozish mumkin.
Agar a juft son bo‘lsa, u holda bu son 2 ga bo‘linadi va uni bunday
yozish mumkin:
bu yerda n – natural son.
Agar b toq son bo‘lsa,
u holda uni 2 ga bo‘lgandagi qoldiq 1 ga teng, binobarin b sonni bunday yozish mumkin:
bu yerda n – natural son yoki nol.
Ba’zan toq natural sonlar formulasini quyidagicha ham yoziladi:
bu yerda k – natural son.
Formulalar boshqa fanlarda ham
bor. H2O — suvning, Og3+3 Ch3+3
U(3) lola
gulining formulasi ekanini kimyo, botanika darslarida o‘rgangansiz.
Harflardan foydalanish bir xil usulda yechiladigan
ko‘pgina masalalarni
yechish yo‘lini yozishga imkon beradi. Shunga doir masalalar qaraylik:
1- m
a s a l a. Fermerning bog‘
maydoni to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning bo‘yi
a kilometrga,
eni esa b kilometrga teng. Yangi yer
o‘zlashtirilgandan keyin maydonning yuzi 0,88 km2 ga ortdi. Bog‘ maydonining yuzi qancha bo‘ldi? Hisoblashlarni 1) a=2,2 va b=0,8; 2) a=1,4 va b=4,3 uchun bajaring.
Dastlab bog‘ning yuzi ab
km2 ga teng edi, yangi
yer ochilgandan keyin u (ab+0,88) km2 ga teng bo‘ldi.
1) a=2,2 va
b=0,8 bo‘lganda 2,2·0,8+0,88=2,64.
2) a=1,4 va b=4,3 bo‘lganda 1,4·4,3+0,88=6,9.
2- m
a s a l a. Sayyoh qishloqdan chiqib, shahar tomon jo‘nadi.
U a kilometr piyoda yurgandan keyin avtobusga o‘tirdi va avtobusda
t soatda
shaharga yetib keldi. Agar avtobus 60 km/soat tezlik bilan harakat
qilgan bo‘lsa, 1) a=5, t=0,5 bo‘lganda
qishloq bilan shahar orasidagi S masofani hisoblang; 2) S=70, a=10 bo‘lganda t ni toping.
Sayyoh avtobusda t
soatda 60 kilometr yo‘l bosgan.
Shuning uchun qishloq bilan shahar
orasidagi masofa
S=a+60t
formula bilan ifodalanadi.
1) a=5,
t=0,5 bo‘lganda S=5+60·0,5=35 km bo‘ladi;
2) S=a+60t formuladan t ni topamiz: . Bu yerdan S=70, a=10 bo‘lganda t=(70–10):60=1soat.