Matematika
dasturining 7-sinf “Algebra” kursi uchun yaratilgan ushbu elektron o‘quv majmua
o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Undan foydalanish esa juda ham sodda va o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar
uchun qulaydir.
Elektron o‘quv qo‘llanmani ishga
tushurish uchun “Algebra7”
deb nomlangan papkaning ichidagi Algebra7.exe
fayli ishga tushiriladi. Dastur toʻliq ishlashi: flesh menyu,
animatsiyalar, interaktiv test va slaydlar ishlashi uchun Adobe Flash Player dasturini oʻrnatish lozim. Buning uchun shu
papkadagi Install_flash_player_11.exe
(yoki boshqa, keyingi versiyalari) faylini ishga tushirish va dasturni
oʻrnatish lozim. Shuningdek, “KIRISH” tugmasi orqali asosiy sahifaga
oʻtilgach hamda birorta boʻlim tanlanib, shu boʻlimga kirgach
klaviaturadan [F5] tugmasini bosish
maqsadga muvofiqdir.
Elektron o‘quv
majmua ishga tushirilgach ekranda quyidagi ko‘rinish namoyon bo‘ladi:
Unda “bosh
sahifa”ga, “dasturlar”ga, “birliklar”ga, “mualliflar”ga
va matematika dasturi bo‘yicha “DTS”ga o‘tish uchun mo‘ljallangan
elektron o‘quv majmuaning bo‘limlari mavjud bo‘lib, ekranning yuqori qismida
joylashgan. O’rtadagi oyna esa barcha ma’lumotlarni ko‘rsatuvchi ekrancha
hisoblanadi. Unda dastlab, elektron darslik (o‘quv majmua)ning multimediali,
animatsion ko‘rinishi, “Kirish” tugmasi bosilgach esa mundarijasi
namayon bo‘ladi, bu orqali “Algebra” kursi bo‘yicha kerakli bobni tanlash va
undagi mavzularni o‘zlashtirish mumkin. Masalan:
1) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “bosh sahifa” bo‘limi tanlangach, yuqoridagidek ko‘rinish paydo
bo’ladi va undan “Kirish” tugmasini bosish orqali mundarijaga o‘tamiz. “Kirish” tugmasi bosilgach quyidagi
rasmda ko‘rinib turganidek, boblar ro‘yxati (mundarija) turadi, undan kerakli
bobga kirish uchun, masalan “I BOB. ALGEBRAIK IFODALAR” belgisi
sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali tanlanadi. Uning ichida shu bobga
tegishli mavzular mavjud bo‘lib, quyidagi ko‘rinish oladi.
Undan “1-§.
Sonli ifodalar” mavzusini olamiz. Ushbu mavzu tanlangach ekranda quyidagi
ko‘rinish paydo bo‘ladi.
Unda mavzu nomi
va “mundarija”, “mavzu”, “mashq”, “test” bo‘limlari
mavjuddir. Dastlab shu mavzuning to‘liq matni namoyon bo‘ladi, shuningdek, “mavzu”
tanlangach ham shunday bo‘ladi. Unda turli animasiyalar, mavzuni o‘quvchilarga
tushuntirish, tasvirlarni ko‘rish, dasturlarga o‘tish va ovozli yozuvlardan
foydalanish imkoniyatlari mavjud. “mundarija” bosilgach esa boshqa
boblarga yoki mavzularga kirish imkonini beruvchi mundarija qismiga qaytish
mumkin. Bu holat har bir mavzuda va har bir bo‘limda mavjud.
O’qituvchi
tomonidan mavzuga doir tushunchalar yuqoridagilar orqali tushuntiriladi, ya’ni
Algebra so‘zining kelib chiqishi, sonli ifoda, sonli ifodaning qiymati, sonli
tenglik, to‘g‘ri tenglik tushuntiriladi. Har bir tushuncha va keltirilgan misol
alohida belgi (urg‘u) va rang bilan ifodalangan ( Sonli ifodaning
qiymati,
Masalan,
1- Masala).
Bu o‘quvchi yodda
saqlashi lozim bo‘lgan tayanch tushunchalar ekanligini bildiradi. Shuningdek,
o‘quvchilar e’tiborini qaratish uchun biror qoidalarni ta’kidlash () ma’nosida alohida
belgilardan foydalanilgan.
Ushbu Elektron
o‘quv majmuada multimedia imkoniyatlaridan samarali foydalanilgan bo‘lib, animatsion tasvirlar va
tovushlar mavjud. Buning uchun “tasvir” belgisidan foydalanish kerak,
“tasvir” belgisi tanlangach sonli ifodalarga doir tushunchalarni
misollar bilan tushuntiruvchi animatsion tasvir paydo bo‘ladi. O’quvchi yaxshi
tushunib olishi, bilim va ko‘nikma hosil qilishi uchun “takror”
belgisini bosib, takroran ko‘rishi, “chiqish” orqali esa mavzuga
qaytishi mumkin.
Har qanday
o‘quvchi mavzuni tushunib olishi va o‘zlashtirib olishida ko‘z bilan ko‘rib ham
eshitishi muhim ahamiyat kasb etadi. Elektron o‘quv majmuada “Sonli ifodalar” mavzusining tayanch
tushunchalari alohida oynachada ovozlar bilan keltirilgan. Tayanch
tushunchalarni o‘rganishda o‘quvchi kerakli tushunchani tanlaydi, uning
oynachasida shu tushunchaning ta’rifi namoyon bo‘la boradi, shu bilan birga
ovozli yozuv ham eshitiladi. Bu o‘quvchining ham ko‘rib, ham eshitib ma’lumot
olishiga imkon beradi. Bunda ovoz faqat bir marotaba eshitiladi, ta’rif esa
qayta namoyon bo‘laveradi, ya’ni o‘quvchi ta’rifni yozib olishi mumkin. Agar
ovozni eshitib yaxshi tushunib oladigan bo‘lsa, u holda shu tushunchani yana bir bora tanlashi lozim. Har safar
tushuncha tanlangach ovozli ta’rif eshitiladi. Bu holat o‘quvchining xotirasida
ushbu tushunchaning yaxshi saqlanishiga imkon beradi.
Tayanch
tushunchada ovozning qayta-qayta qo‘yilmasligi, ba’zi o‘quvchilar me’dasiga
tegishi mumkinligini inobatga olinganligidan dalolatdir. Xuddi shunday boshqa
ta’riflar ham tanlanadi.
Mavzu to‘liq
o‘tilgach “mashq” bo‘limiga o‘tiladi. Unda mavzuni mustahkamlash uchun
mavzuga doir mashqlar mavjud bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan berilganlari
ishlanadi. O‘qituvchi mashqlarni o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatiga
qarab individual, alohida tanlab berishi mumkin. Mashqlar
to‘plami berilgan ekranchaning oxirida “javoblar” belgisi tanlansa,
keltirilgan mashqlar ba’zilarining javoblari yoki shu mashqni bajarish uchun
ko‘rsatmalar berilgan bo‘ladi. Shu tariqa, dars so‘ngida o‘qituvchi uyga vazifa
berish uchun “mashq” bo‘limidan mashqlar
nomerini tanlab o‘quvchilarga o‘sha tanlangan mashqlarni yozib olishlarini
ta’kidlashi mumkin. Bunda ham o‘quvchilarga individual yondashib mashqlar
nomerini tanlash imkoniyati mavjud.
O‘quvchilarga
mavzu o‘tilgach va shu mavzuga doir mashqlar bajarilgach, mavzuni qanchalik
o‘zlashtirilganligini aniqlash hamda o‘quvchilar
bilimini baholash uchun dars yakunida “test” bo‘limiga kirish lozim. Buning uchun yuqoridagidek sichqoncha
yordamida “test” bo‘limi tanlanadi. “Sonli
ifodalar” mavzusiga doir 5 tadan test savollari hosil
bo‘ladi.
Test
bajarib bo‘lingach, “test natijasini ko‘ring” tugmasi bosiladi va
ekranchaga test natijasi hosil bo‘ladi. Unda o‘quvchi testning nechtasiga
to‘g‘ri javob bergani va bahosi ko‘rsatiladi. Shuningdek, bahosiga qarab
achinarli yoki rag‘batlantiruvchi so‘zlar ham namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi
dars so‘ngida test natijalari va o‘quvchilarning mashqni bajarganliklariga
qarab, o‘quvchilarni baholaydi. Bunda, test natijasini hisobga olgan holda
ko‘proq o‘quvchilar baholanadilar, ya’ni barcha o‘quvchilarga baho qo‘yish
mumkin.
Xuddi shunga
o‘xshab, yuqoridagidek, “2-§. Algebraik ifodalar” mavzusini, “3-§. Algebraik
tengliklar. Formulalar” mavzusini, “4-§. Arifmetik amallarning xossalari”
mavzusini, “5-§. Qavslarni ochish qoidalari” mavzusini hamda boshqa boblarni, har bir bobning mavzularini o‘tish (o‘rganish) mumkin.
O‘quvchilarning
o‘zlari ham mustaqil ravishda mavzuni o‘rganishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter
oldiga kelib, elektron o‘quv majmuadan foydalanishlari mumkin. Bu
o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlaydi hamda sababli ravishda
darsda qatnasha olmagan o‘quvchining o‘zi mustaqil mavzuni o‘zlashtirib
olishiga imkon beradi.
Bu bobning
oxirida “I- bobga doir mashqlar va testlar” bo‘limi orqali (shuningdek,
har bir bobning oxirida), shu bobga tegishli mashqlar, testlar
yechiladi.
Bobga doir ishlangan
mashqlar va test natijalariga ko‘ra bobni qanchalik o‘zlashtirganligi
aniqlanadi va baholanadi. O‘qituvchi tomonidan kalendar reja asosida bob yakuni
bo‘yicha nazorat ishi o‘tkaziladi. Ushbu elektron
o‘quv majmuada “Algebraik ifodalar” bobi bo‘yicha 1- yozma nazorat ishi (“nazorat
ishi”) variantlari keltirilgan. Bu o‘qituvchi uchun bob yakunida yozma
nazorat ishi olishda, darslarda foydalanishda qulaylik tug‘diradi.
Shuningdek, bobga
doir tarixiy ma’lumotlar va tarixiy masalalar berilgan bo‘ladi (“Tarixiy:
masala, ma’lumot”). Undagi tarixiy masalalarni o‘quvchilar yechishi talab
etiladi, qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida tarixiy ma’lumotlar berilgan.
Bu o‘qituvchi
uchun “Algebra” (7-sinf) kursidan kalendar ish rejasining mavjudligini bildiradi
va tayyor kalendar ish rejasi asosida o‘ziga mos holda ajratilgan soatlarga
o‘tiladigan sanalarni qo‘yib chiqishi yetarli bo‘ladi. Bu ham o‘qituvchi uchun
bir qulaylik hisoblanadi.
2) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “dasturlar” bo‘limida algebra kursining dasturiy paketlari mavjud,
ya’ni hisob ishlarini va grafika (funksiya grafigini chizish) bilan bog‘liq
ishlarni avtomatik bajariladigan dasturlar tuzilgan bo‘lib, foydalanuvchi uchun
qulayliklar tug‘diradi.
Undan kerakli dastur
tanlanadi va ishga tushiriladi. (Eslatma:
Agar quyidagicha xatoliklar chiqadigan bo‘lsa, undagi “Âûïîëíèòü” tugmasini bosish
lozim.)
Masalan, “Birinchi
darajali bir noma’lumli tenglamalarni yechish” tanlansa, tenglama ax=b ko‘rinishga
keltirilgash (masalan, 29x–17=4x+18 tenglama berilgan, uni 29x–4x=18+17, 25x=35 ko‘rinishga
keltiramiz) quyidagi dastur ishga tushadi. Maxsus dastur ishga tushgach a âà b ning qiymatlari so‘ralgan
oynaga kiritiladi, “natija” tugmasi bosilgach
tenglamaning yechimi chiqadi.
Ushbu dasturlar tegishli
mavzularning ham ichiga joylashtirilgan bo‘lib,
“o‘zingiz ko‘ring” yoki “o‘zingiz
sinab ko‘ring” tugmalari bosilgach dastur ishga tushadi.
3) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “birliklar” bo‘limida ham maxsus dastur bo‘lib, bu foydalanuvchilar
uchun birliklar bilan ishlashda ancha qulayliklar yaratadi. Ushbu dastur ishga
tushgach quyidagicha ko‘rinadi:
Unda “Uzunlik”, “Og‘irlik”, “Hajm”, “Tezlik”, “Maydon”, “Harorat” kabi
bo‘limlari mavjud bo‘lib, har bir o‘lchov birligi bo‘yicha turli ko‘rinishdagi
qiymatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, “Uzunlik”
tanlangach uzunlik o‘lchov birliklarini bir-biriga nisbatan qiymatlarini
chiqaradi. Agar siz 1 metr boshqa o‘lchovlarda qancha bo‘lishini bilmoqchi
bo‘lsangiz “Metr” yozuvining
oynasiga 1 ni yozasiz va uning yonidagi “Hisoblash”
tugmasini bosasiz. Natijada quyidagi qiymatlar chiqadi:
Agar siz 1 dyuym
boshqa o‘lchovlarda qancha bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsangiz “Dyuym” yozuvining oynasiga 1 ni yozasiz va uning yonidagi “Hisoblash” tugmasini bosasiz. Natijada
quyidagi qiymatlar chiqadi:
Xuddi shu kabi “Og‘irlik” o‘lchov birliklarini ham
bajarish mumkin, ya’ni 1 Kilogramm
qancha bo‘ladi yoki 1 Unsiya qancha
bo‘ladi. Ular quyidagi ko‘rinishga (qiymatlarga) ega bo‘ladi.
Ushbu dasturning
boshqa bo‘limlari (O‘lchov birliklarining qiymatlari) ham yuqoridagidek
bajariladi.
4) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “e-kitob” bo‘limida, umumta’lim maktablari 7-sinf Algebra darsligining
to‘liq kitob shakli elektron ko‘rinishda oynaga chiqadi. Buning uchun kerakli
boʻlim sichqoncha yordamida tanlanadi, oynada interaktiv ko‘rinishda elektron kitob ochiladi va uni bemalol
varaqlab o‘qish imkoniyati (ya’ni haqiqiy kitobni varaqlagan kabi holat) yuzaga
keladi. Uning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
5) ELEKTRON O‘QUV MAJMUAning “Tushunchalar”
bo‘limi tanlanganda 7-sinf “Algebra” darsligida
o‘tilgan barcha mavzular yuzasidan tushunchalar (atamalar) ro‘yxati chap
tomonda paydo bo‘ladi. Biror kerakli tushuncha ustiga sichqoncha bosilganda u
haqdagi ma’lumot (tushuncha ta’rifi) ovoz jo‘rligida namoyon bo‘ladi.
6) ELEKTRON O‘QUV
MAJMUAning “ro‘yxatga olish” bo‘limida, 7-sinf
o‘quvhcilarini guruhlar bo‘yicha (yoki boshqa mustaqil foydalanuvchilarni)
ro‘yxatga olish mumkin. Ular haqidagi ma’lumotlar “ma’lumotlar bazasi”ga yoziladi. Buning uchun quyidagicha ma’lumot
to‘ldiriladi va “kiritish” tugmasi
bosiladi.
7) ELEKTRON O‘QUV
MAJMUAning “mualliflar” bo‘limida,
dastlab ushbu elektron o‘quv majmua qaysi darslik asosida tayyorlangan, uning
mualliflari kim haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, ushbu majmuani
yaratuvchi mualliflar haqida to‘liq ma’lumotlar beriladi.
Buning uchun
tegishli mualliflarning ism-shariflari yozilgan tugmalar bosiladi va bosilgan
tugmaning tegishli mualliflari haqida to‘liq ma’lumot quyidagi ko‘rinishlarda
paydo bo‘ladi.
8) ELEKTRON O‘QUV
MAJMUAning “yordam” bo‘limida, foydalanuvchilar ushbu elektron o‘quv
majmuadan yordam olishlari mumkin. Ya’ni ushbu elektron o‘quv majmuadan
foydalanish yo‘l-yo‘riqlari haqida va elektron o‘quv majmuaning barcha
bo‘limlari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
9) ELEKTRON O‘QUV
MAJMUAning “Chiqish” tugmasi esa ushbu
elektron o‘quv majmuadan (elektron darslikdan) chiqish, ishni yakunlash
imkonini beradi.