26. Daftar 80 so‘m turadi. Shu albomlarning sotib olinganmiqdori (n) bilan unga so‘mlar hisobida to‘langan pul (y) orasidagi bog‘lanishni formula bilan ifoda qiling. y(6), y(11) nimaga teng?

 

27. “Neksiya” avtomobili katta yo‘lda 90 km/soat tezlik bilan harakat qilmoqda. Yo‘l uzunligi s (km hisobida)ning harakat vaqti t (soat hisobida)ga bog‘liqligini ifodalovchi formulani yozing. s(3), s(5,4) nimaga teng?

 

Funksiyaning grafigini yasang (723–725):

28.  1) y=3x;             2) y=5x;                3) y=–4x;              4) y=–0,8x.

29.  1) y=1,5x;           2) y=–2,5x;           3) y=–0,2x;           4) y=0,4x.

30.  1) y=2,5x;           2) y=0,25x;           3) y=0,6;                        4) y=x .

31. y=–1,5x formula bilan berilgan funksiyaning grafigini yasang. Grafik bo‘yicha:

1)    x ning 1 ga; 0 ga; 2 ga; 3 ga teng qiymatiga mos keluvchi y ning qiymatini;

2)    x ning qanday qiymatida y ning qiymati –3 ga; 4,5 ga; 6 ga teng bo‘lishini;

3)    x ning y ning qiymati musbat (manfiy) bo‘ladigan bir nechta qiymatini toping.

32.                      y=0,2x formula bilan berilgan funksiyaning grafigini yasang. Grafik bo‘yicha:

1)    y ning x ning –5 ga; 0 ga teng qiymatiga mos keluvchi qiymatini;

2)    x ning qanday qiymatida y ning qiymati –2 ga; 0 ga; 2 ga teng bo‘lishini;

3)    x ning y ning qiymati musbat (manfiy) bo‘ladigan bir nechta qiymatini toping.

33.                      Funksiyaning grafigini yasang va shu grafik qaysi koordinata burchaklarida joylashganligini ko‘rsating:

1) y=x;          2) y=x;            3) y=4,5x;             4) y=–4,5x.

 

34.                      Funksiyaning grafigini yasang:

1) y=3,5x;      2) y=x.

Har bir holda grafikning abssissalar o‘qidan yuqoriga (abssissalar o‘qidan pastda) yotuvchi ikkita nuqtasi koordinatalarni ko‘rsating.

35.                      Grafigi rasmdagi to‘g‘ri chiziq bilan tasvirlangan funksiyani formula bilan yozing:

1) 11- rasm;     2) 12- rasm;      3) 13- rasm;       4) 14- rasm.

36.                      OA to‘g‘ri chiziq koordinatalar boshidan va A (0,5; 7) nuqtadan o‘tadi. Shu to‘g‘ri chiziq quyidagi funksiyalardan qaysi birining grafigi bo‘ladi:  y=7x, y=–14x, y=14x?

37.                      Agar B nuqta y=kx funksiyaning grafigiga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lsa, shu funksiyaning grafigini yasang:

1) B (2; –3);   2) B (; –2).  Shu funksiyalardan qaysinisining grafigi M (–10; 15) nuqtadan o‘tadi?

38.                      Sol daryoda 2 km/soat tezlik bilan suzib bormoqda. Solning x soatda bosib o‘tgan s yo‘lni ifodalang. Solning 1 sotda; 2,5 soatda; 4 soatda bosib o‘tgan yo‘lini hisoblang. Yo‘lning harakat vaqtiga bog‘liqligi grafigini yasab, grafik bo‘yicha solning 6 km yo‘lni bosib o‘tish vaqtini toping.

39.                      Piyoda kishi 3 km/soat tezlik bilan yurib bormoqda. Piyoda kishining t soatda bosib o‘tgan (s) yo‘li ifodasini topib, yo‘lning vaqtga bog‘liqligi grafigini yasang. Grafik bo‘yicha piyodaning 0,5 soatda; 1 soatda; 1 soat-u 30 minutda bosib o‘tgan yo‘lini toping.