Umumta'lim maktablari uchun umumta'lim fanlaridan
elektron ta'lim resurslari

Hush kelibsiz! Yangiliklar sahifasi!

Ushbu sahifada umumta'lim maktablari uchun matematika, informatika, biologiya dasturlari bo'yicha o'qitiladigan fanlardan elektron ta'lim resurslari haqida ma'lumotlar joy olgan. Shuningdek, ushbu saytga umumta'lim maktablari matematika dasturi bo'yicha matematika, informatika va axborot texnologiyalari, algebra, geometriya, botanika, biologiya fanlaridan sinflarga ko'ra maktab darsligi asosida yaratilgan elektron ishlanmalar, elektron o'quv qo'llanmalar, elektron darsliklar, elektron o'quv-uslubiy majmualarni joylashtirish loyihalashtirilgan.

Hozirgi kunda sayt muallifi tomonidan va A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari, talabalari tomonidan ko'plab elektron ta'lim resurslari yaratildi. Jumladan, 4-sinf matematika kursi, 7-, 8-, 9- sinflar algebra kursi, 7-sinf geometriya kursi bo'yicha elektron o'quv-uslubiy majmualar, 5-6 sinflar informatika va axborot texnologiyalari fani bo'yicha elektron o'quv qo'llanmalar, 5-6 sinflar matematika kursi bo'yicha elektron ishlanmalar va o'quv qo'llanmalar, 5-sinf botanika, 8-sinf odam anatomiyasi fanlari bo'yicha elektron o'quv qo'llanma va boshqa sinf fanining biror bo'limlar bo'yicha elektron ishlanmalar yaratilgan. Yangiliklar sahifasini kuzatib boring, ushbu saytga navbatma-navbat elektron ishlanma va elektron o'quv majmualarni joylashtirish rejalashtirilgan. O'z fikr va mulohazalaringizni bildirishingizni kutib qolamiz! davomi...

Elektron o'quv majmua! Yangiliklar sahifasi!

Umumta'lim maktablari 7-sinf algebra kursi darsligi asosida yaratilgan elektron o'quv majmuaning internet versiyasi 2009 yilda internet tarmog'iga joylashtirilgan va hozirga qadar foydalanilib kelinmoqda. Materiallar 2009 yildan www.algebra7.dars.uz domenida edi, 12.10.2015 yildan www.edarslik.uz domenida ishlay boshladi, saytning ko'rinishi yangilandi hamda o'qitishning elektron vositalari "Algebra 7" bo'limiga bog'landi. Shuningdek, alohida bo'limlarga turli fanlar va sinflar bo'yicha yaratilgan elektron o'quv qo'llanmalar bog'langan. Kerakli bo'limlarni (havolani) tanlash orqali ular bilan tanishishingiz mumkin, shuningdek, "Muallif haqida" sahifasi ishga tushdi. davomi...

Yangi sahifalar ishga tushdi! Yangiliklar sahifasi!

Endilikda web-saytimizning Ilmiy ishlar ro'yxati hamda Patentlar va sertifikatlar bo'limlari ishga tushdi. Ushbu bo'limlar orqali Siz muallifning ilmiy-uslubiy ishlari ro'yxati hamda qo'lga kiritgan patentlar, diplomlar, sertifikatlar, maqtov yorliqlari bilan tanishishingiz mumkin. davomi...

Yangi - 2024 yilingiz muborak bo'lsin! Yangiliklar sahifasi!

Hurmatli yurtdoshlar Sizlarni kirib kelgan Yangi yil - 2024 yil bilan samimiy muborakbod etaman. Yangi yil Sizlarga baxt-omad, sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, xonadoningizga qut-baraka olib kelsin. Yangi yil oqshomida qilingan barcha ezgu-niyatlaringiz, 2024 yilda amalga oshsin, orzu-umidlaringiz ushalsin! Yangi yilingiz qutlug' bo'lsin! davomi...